So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Samvel Babayan: "Qimmatli ochkolarni boy berdik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Qimmatli ochkolarni boy berdik"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan bahsda "Lokomotiv" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qilib 1:1 natijasini qayd etdi. O'yindan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bayon etdi.

- "Lokomotiv" uchun hamma o'yin qiyin kechyapti. Har bir jamoa bizga qarshi juda jiddiy qarshilik ko'rsatyapti. Bunda albatta o'zimiz aybdormiz chunki bugun zaxiradagi kuchlar bilan birga raqibni mag'lub eta olmadik. Jamoa birinchi bo'limda yomon o'ynamadi. Hisobda oldinga chiqib oldik va vaziyat nazoratimiz ostida edi. 

Lekin ikkinchi bo'limda negadir o'zimizni yo'qotib qo'ydik. Bundan tashqari terma jamoalarga nomzod olti nafar futbolchimiz turlicha holatda etib kelishdi. Tanaffus paytida yigitlarga oxirigacha kurashish lozimligini uqtirdik, ammo barchasi biz o'ylagandek bo'lib chiqmadi. Afsuski, bugungi o'yinda qimmatli ochkolarni boy berdik. Bu o'yin bizga dars bo'ldi, lekin qo'lni ko'tarmaymiz va oxirigacha kurashamiz, - deydi Samvel Vyacheslavovich.    

- Jamoa ikki hafta rasmiy uchrashuv o'tkazmasligi bunday o'yinlarda o'z tasirini ko'rsatadimi?
- Ko'rsatadi, albatta. Futbolchilar terma jamoalarga ketadi, klub qolgan o'yinchilar bilan mashg'ulotlarni davom ettiradi, tonus o'zgarib turadi. Avvalgi turda "Bunyodkor"ga qarshi yaxshi o'yin namoyish etgandik va balki tanaffus bo'lmaganida bugungi bellashuvda ham o'zimizni ko'rsata olardik.

- Bugungi o'yinda sizni eng ko'p xafa qilgan narsa nima?
- Ikkinchi taymda biz kurashlarni yutqazdik. O'yin paytida jamoa noto'g'ri pas berishi yoki darvozaga to'pni noto'g'ri yo'llashi mumkin. Hammasini tushunsa bo'ladi, faqat kurashlarda yutqazmaslik kerak. Men qo'l ostimdagi jamoa birinchi navbatda kurashda yutqazmasligini xohlayman.

Reyting: -169   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика