Samvel Babayan "Navbahor"ga "Al Ittihod" raqib bo'lgani haqida fikr bildirdi
28 dek 2023 14:34
Yangiliklar
Samvel Babayan "Navbahor"ga "Al Ittihod" raqib bo'lgani haqida fikr bildirdi
Qura natijasiga ko'ra, nimchorak finalda "Navbahor"ga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi raqib bo'ldi.
Qura borasida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Biz 1/8 finaldagi raqibimizni bilish maqsadida, mazkur qurani kutayotgandik. Bizga qaysi klub raqib bo'lishining farqi yo'q edi, boisi, ushbu bosqichda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi.
Quraga ko'ra, “Al-Ittihod”ga raqib bo'lganimiz va Namanganga yana yulduz futbolchilarning tashrif buyurishlari so'nggi mavsumlarda “Navbahor”ning avvalgi brendini tiklash uchun samarali faoliyat olib borayotgan Namangan viloyati hokimi SHavkatjon Abdurazzaqov, klub rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, shuningdek, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning mehnatlari samarasi hamda jamoaning to'g'ri yo'ldan borayotganligining natijasidir va ushbu tashrif namanganliklar uchun katta bayramga aylanadi.
Biz OCHLda Namangan viloyati bilan birgalikda yurtimiz sharafini ham himoya qilamiz va 1/8 final bahslarida ijobiy natija qayd etish, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz, - dedi Samvel Babayan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar