So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  4 15:19ЎзЭл Классикосига превью  11 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

Samvel Babayan: "Ijaradagi futbolchilarning o'ynamasligi haqida band ularning shartnomalarida bor" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ijaradagi futbolchilarning o'ynamasligi haqida band ularning shartnomalarida bor"

"Dinamo" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh menejeri Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor"ga qarshi o'yinda har qanday jamoa kuchli o'ynashga harakat qiladi. Bugun ham shunday bo'ldi, vaziyatlardan foydalana olishda hamon oqsayapmiz. Biz haqli tarzda g'alabaga erishdik deb o'ylayman, ko'proq vaziyatlar yaratdik, 96-daqiqada gol urib uch ochkoni qo'lga kiritdik. "Dinamo" safida ijaradagi o'yinchilarimiz ishtirok etishmagan bo'lsa ham ular kuchli o'yin namoyish etishdi",  - deb gap boshladi Babayan.

"Klubimizda menejer lavozimini joriy etilishi keyinchalik O'zbekiston uchun oddiy hol bo'lishini istayman. Jamoaga yangi bosh murabbiy olib kelish rejada bormi? Yo'q, yangi menejer olib kelinishi mumkin, murabbiy emas".

"Ijara bergan futbolchilarimizning "Paxtakor"ga qarshi o'ynamasligi shartnomalarida yozib qo'yilgan. Ularning barchasi "Dinamo"ga mutlaqo tekinga berilgan. "Andijon"ga ham ikki futbolchini berganmiz, ular bizga qarshi maydonga tushishdi. Sababi "burgutlar" bilan avvaldan shunday kelishuv bo'lgandi".

"So'nggi gol borasida nima deya olaman. Qo'shimcha vaqtdan o'tib ketdi? SHaxsan men 90+6-daqiqada urilganini ko'rdim. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha vaqtlarda ikkita o'zgarish bo'ldi, "Dinamo" futbolchilari maydonda yordam olishdi. O'zingiz qo'shib olavering", - deydi Samvel Babayan.

Behbud Erkinov yozib oldi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика