So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  2 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirildi Yangiliklar

Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O'FF Ijroiya Qo'mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan umrbod chetlashtirildi.

Samvel Babayan “Paxtakor” futbol klubida faoliyat olib borgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog'liq hujjatlarga noqonuniy o'zgartirishlar kiritgani aniqlandi. U jamoa tepasiga yangi rahbariyat kelayotganidan xabar topgach, klub bilan bitimi 2018 yil so'ngiga qadar bo'lgan futbolchilar shartnomasini 2017 yil qilib o'zgartirgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — yil so'ngida erkin agentga aylanadigan futbolchilarni xorijiy klublarga sotib, moddiy manfaat ko'rish bo'lgan.

Aynan mana shu manfaat tasirida u mamlakatning bosh jamoasini ham ko'ngildagidek boshqara olmadi hamda futbolchilarga bo'lgan noxolis munosabati sabab, terma atmosferasiga salbiy tasir ko'rsatdi. Samvel Babayan termaga nomzodlarni saralab olishda asosan o'ziga malum futbolchilar bilangina ishlagan hamda barcha klublarga teng munosabatda bo'lmagan. SHuningdek, tajribali murabbiy hamda mutaxassislarning fikr va tavsiyalarini inobatga olmagan.

O'FF Ijroqo'mi Samvel Babayanning 2018 yilgi Jahon CHempionatining saralash o'yinlari davomida tartib-intizomni yo'lga qo'ymagani, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilmagani va ularni o'z holiga tashlab qo'ygani, ishiga masuliyatsizlarcha yondoshib, o'zbek futbolining yuzi bo'lgan milliy jamoa darajasini tushirib yuborganini ham inobatga olib, uning bu kabi noxolis faoliyati millionlar o'yini bo'lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo'ldi, deb hisoblaydi.

Malum bir futbolchilarni xorij klublariga sotish va moddiy manfaat ko'rish maqsadida, garchi ularning saviyasi talabga javob bermasa ham, doimiy ravishda muhim o'yinlarda milliy terma jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushirishni oqlash qiyin. Ayniqsa bu kabi ishlar bosh jamoa natijalariga salbiy tasir ko'rsatsa.

Bundan buyon O'zbekiston futbolidagi har bir murabbiy o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda masuliyatni chuqur anglagan holda, faoliyat yuritadigan jamoalarida tartib-intizomni yo'lga qo'yib, futbolchilarning holatini nazorat qilib borishi va natija uchun javobgarlikni his etishi talab qilinadi.

Futbol sohasidagi har bir murabbiy va mutaxassis faoliyati O'FF tomonidan asosli tarzda o'rganib chiqiladi va tegishli choralar ko'rib boriladi.

O'FF matbuot-xizmati

Xabarga "Feysbuk"dagi sahifamizda izoh qoldirishingiz mumkin: Facebook/Championat.asia

Reyting: +1433   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика