So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Samvel Babayan: "Bugungi o'yinni 70 foiz o'z nazoratimizda o'tkazdik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugungi o'yinni 70 foiz o'z nazoratimizda o'tkazdik"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklashni istardim. Derbida muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Qadrli "Navbahor" muxlislari, Sizlarni jamoamizning bugungi g'alabasi bilan tabriklaymiz. Yigitlarga rahmat, ular guruh bosqichida 100 foizlik natija bilan navbatdagi bosqich masalasini hal etishdi. Oldinda bizni muhim o'yinlar kutib turibdi, bosqichma-bosqich davom etamiz. Bugungi o'yinni 70 foiz o'z nazoratimizda o'tkazdik.

- Jamoa 7 o'yindan buyon bir hujumchi bilan harakat qilayapti. Rejangizda o'yinni 2 ta hujumchi bilan boshlash varianti ham bormi?

- Taktika bo'yicha Siz bilan men gaplashmayman. Men konkret aytganman, bizda 10 xil o'yin uslubi bor. Bizda istalgan vaqtda hujumga qo'shilib ketadigan, hujumchiga aylana oladigan futbolchilar bor. Nominal bir hujumchi maydonda bo'lsa, kerak vaqtida 2 ta hujumchi uslubiga ham o'tishimiz mumkin. Bu savol bugungi kunda dolzarb emas. Biz hujumkor o'yin namoyish etayapmiz.

- "Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov Superliga birinchi turida "Navbahor" o'ynashni istagani haqida gapirgandi. Bu bo'yicha sizning fikringiz qanday?

- Kim bilan o'ynashning farqi yo'q. Faqat "Navbahor" va "Neftchi" o'rtasidagi o'yinlarida har doim kuchli intriga bo'lgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarga muxlislarning qiziqishi juda yuqori.

- Elguja Grigalashvilining xolati qanday?

- Unda hammasi yaxshi, keyingi o'yinga qadar tayyor bo'ladi.

- Jamoada ikkita bir xil tarkib shakllangan. Nega rotaciyalarni amalga oshirmayapsiz?

- Savol uchun rahmat. Bu men kutgan savol. Hozirgi tarkibda 7-8 nafar yangi futbolchilar bor. Ular jamoaga moslashib ketishlari uchun vaqt zarur bo'ladi. Kubok uchrashuvlarida ham bizga Superliga klublari to'g'ri kelib qoldi. Zaxiramizda juda yaxshi futbolchilar bor, har bir chiziqda etarlicha raqobat shakllangan. Biz uchun natija juda muhim. Vaqti kelib barcha futbolchilarga imkon beramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика