So’nggi yangiliklar

22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  2 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  14 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  30 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23

Samvel Babayan: "Bugun g'alabaga o'ynamadik. Natija adolatli bo'ldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun g'alabaga o'ynamadik. Natija adolatli bo'ldi"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Navbahor" (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. Biz shunday bo'lishini bilardik. "Metallurg" oxirgi o'rinda bo'lsa ham kuchli jamoa hisoblanadi. O'yinimizga kelsak, uchrashuv epizodlarga bo'lindi. Gol urganimizdan so'ng hisobni saqlashga harakat qildik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng esa o'zimizda kuch topib hujumga o'tdik. Vaziyatlar yaratdik, afsuski gol ura olmadik. Umuman olganda, natija adolatli bo'ldi. Bugun ochiqchasiga g'alabaga o'ynamadik. G'alaba qozonganimizda bu omaddan bo'lardi, afsuski, bunday bo'lmadi. Standard vaziyatdan gol o'tkazdik. O'ylaymanki, hammasi qoida asosida bo'ldi. Oldinga harakat qilish kerak. Xulosa chiqarishga harakat qilamiz. 

- Jamoa hisobni saqlash maqsadida hujumlarni kamaytirdi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Yuqorida bu haqida gapirdim. Menimcha, bunga asosiy sabab biz to'pni to'liqligicha raqibga topshirganimiz. To'psiz harakat qilish juda qiyin. Asosiy sabab to'pni topshirib qo'yganimiz. Biz to'p bilan yomon harakat qildik. Raqibdan to'pni olib qo'ygan holatlarimizda ham qandaydir qiyin kombinaciyalar amalga oshirishga harakat qildik. Bularning barchasi to'pni yo'qotish bilan yakunlandi. To'pni nazorat qilmaganimiz eng katta xatomiz bo'ldi.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика