So’nggi yangiliklar

19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  0 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  3 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  21 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7

Samandar Ochilov: “Xo'jand” OCHLga yo'llanma olishni maqsad qilgan” Yangiliklar

Samandar Ochilov: “Xo'jand” OCHLga yo'llanma olishni maqsad qilgan”

“Xo'jand” klubi yangi mavsum oldidan o'zbekistonlik himoyasi Samandar Ochilov bilan yangi shartnoma izmoladi.

 SHu bo'yicha Ochilovning fikrlariga quloq tutdik. 

“Mavsum yakuniga etganidan so'ng rahbariyat menga yangi shartnoma taklif qildi. Qolaversa, o'zim ham “Xo'jand”dagi faoliyatimdan qoniqish hosil qilgandim va rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar bilan aloqa yaxshi ekanligi bois, ortga qaytishga qaror qildim. “Xo'jand” bilan yana bir yillik shartnoma imzoladim",- deydi Samandar Ochilov.

- O'zbek klublaridan takliflar bo'lmadimi?

- Taklif bo'ldi. Biroq futbolchi o'zini hurmat qiladigan joyida bo'lishi muhim. Bizda to'p tepish juda qiyin. Negaki, tanish murabbiy bo'lishi kerak. Sizni doimiy o'ziga hamroh qilishi uchun murabbiy bilan yaxshi munosabatda bo'lishingiz kerak. Bo'lmasam, juda qiyin doimiy ravishda to'p tepishingiz. SHu tomonlarini yaxshilab o'ylab ko'rib, bir qaror keldim. Yangi mavsumda “Xo'jand” yana OFK kubogida ishtirok etadi. SHartnoma muddatini yanada uzaytirishimga ham shu jihat ham turtki bo'ldi. 

- Yangi mavsumda jamoangiz o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- Rejalar ulkan. “Xo'jand” yangi mavsumda chempionlikni maqsad qilgan. Bu orqali Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanma olishni istaydi. Xudo xohlasa, mazkur vazifani bajarish uchun oxirigacha kurashamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика