Breaking! Son "Tottenxem"ni tark etishini elon qildi: "Hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri". Hujumchi AQSHga yo'l olishi mumkin
02 avg 11:20
Yangiliklar
Breaking! Son "Tottenxem"ni tark etishini elon qildi: "Hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri". Hujumchi AQSHga yo'l olishi mumkin
Son Xyon Min "Tottenxem"ni tark etishini elon qildi.
33 yoshli forvard londonliklar safida 2015 yildan buyon o'ynab kelayotgandi.
"Bu mening hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri edi, lekin menimcha, bu o'z vaqtida qabul qilindi. Umid qilamanki, hamma meni tushunadi va bu qarorga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.
Men Shimoliy Londonga ingliz tilida gapirishni ham bilmaydigan 23 yoshli yigit bo'lib kelganman, bu klubni esa katta odam bo'lib tark etyapman va bundan juda faxrlanaman", - dedi Son.
Oldinroq, Janubiy Koreya terma jamoasi azosi "Los-Anjeles"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar