So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  9 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Salim Mustafoev: "Terma jamoada o'ynashni orzu qilaman" Yangiliklar

Salim Mustafoev: "Terma jamoada o'ynashni orzu qilaman"

"Lokomotiv" himoyachisi Salim Mustafoev "Al Hilol" to'sig'idan o'tganlaridan nihoyatda xursand ekanligini yashirmadi va o'yin xususidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- "Al Hilol"ga qarshi o'yin kutilganidek qiyin va og'ir bo'ldi. Xudoga shukur g'alaba qozonib, o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritdik. Bundan benihoyatda xursandmiz. Yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanganimiz bizga qo'l keldi. "Al Hilol" esa bu borada oqsadi, yani birinchi bo'limda darvozamiz oldida hech qanday xavf sola olishmadi. Tabloda 2:0 porlaganidan so'ng jamoamiz himoyadan o'ynadi. Penalti belgilangan vaziyat bo'yicha gapiradigan bo'lsam, bu erda 11-metrlik jarima zarbasi belgilash uchun hech qanday asos yo'q edi. "Al Hilol"ni zararsizlantirish uchun ularni asosan maydon markazidayoq qarshi olib, yuqori pressing qo'lladik.

"Al Hilol"dek jamoani mag'lubiyatga uchratgandan so'ng jamoamizning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi ortgani bor gap. Bu klub osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. Futbolda oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Biz imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz va buning uchun harakatni to'xtatmaymiz.

Istalgan futbolchi bir narsani orzu qiladi. Bu ham bo'lsa terma jamoa sharafini himoya qilish. Mening orzuim ham O'zbekiston terma jamoasi safida o'ynash.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика