So’nggi yangiliklar

00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  0 00:05ЕЧЛ. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  2 00:05ЕЧЛ. "Монако" - "Манчестер Сити" (онлайн ҳисоб)  4 00:05ЕЧЛ. "Барселона" - ПСЖ (онлайн ҳисоб)  14 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  2 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  13 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  8 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  1 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  94 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  7 18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  20 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   1 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  13

Maksim Shackix: "Eng muhimi gol o'tkazmaslik va nolga o'ynash. Realizaciya esa kun kelib yaxshilanadi" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Eng muhimi gol o'tkazmaslik va nolga o'ynash. Realizaciya esa kun kelib yaxshilanadi"

OCHL 2 musobaqasi 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Al Ahli" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida andijonliklar ustozi Maksim Shackix va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Erjan Tokotaev ishtirok etdi.

"Jamoam namoyish etgandan o'yindan ko'nglim to'ldi, ochig'i. Biz reja qilgan barcha ishlarimizni bajardik va chidab berdik. O'yin sifati ham menga yoqdi. Yigitlarga endigina jamoa nima xohlayotganimizni va qanday namoyish etishimiz kerakligini tushunib etmoqda. Raqib bizdan ancha kuchliroq edi. Shu sababli bugungi bir ochkomiz katta qiymatga ega. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimiz esa o'yin sifati va bugungi natijadan qoniqdilar, menimcha" - dedi Maksim Shackix bahs yakunlangach.

Erjan Tokotaev:

"Ancha qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham gol urish uchun etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldi. G'alaba qozona olmaganimiz va gol ura olmaganimizga xursand emasmiz. Uchrashuv kurashlarga boy bo'ldi. Natija bizni qoniqtirdi, chunki biz bir ochko qo'lga kiritdik. Bo'lajak uchrashuvlarda g'alaba qozonish uchun yanada ko'proq harakat qilamiz" - dedi Erjan Tokotaev bugungi uchrashuvdan so'ng.

- Bugun "Andijon" g'alaba qozonishi uchun nima etmadi?

- Menimcha, individual mahorat. Chunki vaziyatlarimiz bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ushbu vaziyatlardan foydalana olganimizda natija boshqacha bo'lardi. Biroz aniqroq o'ynaganimizda gol urgan bo'lardik. Jamoa sifatida biz uchun eng muhimi gol o'tkazmaslik va nolga o'ynash. Har bir o'yin oldidan yigitlarga shuni takidlayman. Hujumda esa vaziyatlarimiz bo'ladi. Har doim imkoniyatlarimiz bo'lmoqda. Realizaciya esa kun kelib yaxshilanadi. Bugun bo'lmasa ertaga, ertaga bo'lmasa indinga o'z vaziyatlarimizdan to'g'ri foydalana boshlaymiz. Muhimi himoyada xatosiz va tartibli o'ynash.

- "Andijon" 75-80 daqiqadan so'ng himoyaga yotib oldi. Bunga sabab nima?

- Biz charchab qolgandik. Zaxiradan futbolchini maydonda tushirib o'yin tempini kuchaytira olmas edik. Zaxira o'rindig'imiz unchalik katta emas. Shu sababli pastroq tusha boshladik, raqib ham hujumga zo'r bera boshladi. Biz esa tezkor qarshi hujum orqali raqib darvozasiga xavf soldik. Raqib jamoa individual va jismoniy jihatdan bizdan kuchliroq edi. Shuningdek, bunday o'yinlarda zaxiradan maydonga tushib, o'yinga qo'shilib keta olish juda qiyin. Ayniqsa, yosh futbolchilar uchun.

Reyting: -1   

Fikrlar

+3   
01 okt 23:13:33
Real.M & Chelsi
Абд foydalanuvchining fikriga javob berish
Maksimjon aka, "duxizga o'tiribsiz"-ku, a?!!! Bu yerda Anjanga yutaman, yeb tashlayman feydigan murabbiy kerak.
Birodar oddiy misol Draksler oldigan maoshni bizni hech qaysi klub to'lay olmaydi,Al Ahli byudjeti Superligamizni 5ta klubini bitta qilsangiz ham yetmaydi,tan olish kerak,Zidanni olib kelsangiz ham bor masalliqdan foydalanadi,e'tibor bergan bo'lsangiz Saudiyaning Al Ahli va Al Hilol klublari Nasafni hotirjam o'ynab yutdi,hattoki yarim kuch bilan.Bizni klublarni bori shu
+3   
01 okt 23:05:18
Real.M & Chelsi
Maks to'g'ri aytdi,muhimi ochko olindi.Tan olaylik Andijon Superligada yetakchilar qatorida emas,byudjet va tarkib jihatdan ham bu OChL musoboqasida hatto kuchli 10 likka ham kirmaydi,borimiz shu,balki bugun Nasaf yoki Neftchi bo'lganda yutishi mumkin edi,lekin bu boshqa masala,muhimi bu turnirda muhlislar mazza qilishsin.Futbolda hozir byudjetga bog'liq ko'p narsa,pul bo'lsa Shatskix o'zi ham biladi qanaqa tarkib yig'ishni.Endi Arqadag' va Al Husein ni Andijonda yutib,safardagi ikki o'yinda ham ochko olishsa nasib guruhdan chiqadi.Andijonga omad.(Paxtakor muhlisi)
+2   
01 okt 23:22:36
Бахтиёр Ашуров
Real.M & Chelsi foydalanuvchining fikriga javob berish
Birodar oddiy misol Draksler oldigan maoshni bizni hech qaysi klub to'lay olmaydi,Al Ahli byudjeti Superligamizni 5ta klubini bitta qilsangiz ham yetmaydi,tan olish kerak,Zidanni olib kelsangiz ham bor masalliqdan foydalanadi,e'tibor bergan bo'lsangiz Saudiyaning Al Ahli va Al Hilol klublari Nasafni hotirjam o'ynab yutdi,hattoki yarim kuch bilan.Bizni klublarni bori shu
Саудия жамоалари таркибни ўта кучайтириб юборишди. Шунга бугунги рақибни таркиби ғўёки кучсиздек кўриниябди. Аслида Қатар жамоалари олдинги йиллардан анча кучайган!
+1   
01 okt 23:24:40
leva8989
Baraka topgurlar Shatskix to'g'ri aytdi,bori shu klublarimizni,hozir Elit Ligada Arab grandlari bilan o'yinda Nasafga 3ta gol fora bersangiz ham raqib 4ta gol urib yutib keta oladi.Bizni klublarimiz tarkib va byudjeti Qatar va Saudiya jamoalari bilan tenglasha olmaydi,muhimi guruhdan chiqib olishsin.Andijonlik muhlislar katta futboldan bahramand bo'lishsin.Keyingi mavsumda katta ehtimol bilan Kubokni yutsa Paxtakor ishtirok etadi,Elit Ligada esa Nasaf yoki Neftchi,tarkib va byudjet jihatdan Neftchi kuchliroq bo'lsa kerak
+1   
01 okt 22:56:27
Saidjahon
Танкидни кераги йук танкид деганимиз аслида гийбат булиб коляпти
   
02 okt 00:02:47
Серый Кардинал
Ал Ахли жамоасини 2та футболчисини ойлиги Андижон фк бюджетига тенг буса керак, тажрибаси катта Андижон юткизмадиям шунисига шукр
   
01 okt 23:34:21
Real.M & Chelsi
leva8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
Baraka topgurlar Shatskix to'g'ri aytdi,bori shu klublarimizni,hozir Elit Ligada Arab grandlari bilan o'yinda Nasafga 3ta gol fora bersangiz ham raqib 4ta gol urib yutib keta oladi.Bizni klublarimiz tarkib va byudjeti Qatar va Saudiya jamoalari bilan tenglasha olmaydi,muhimi guruhdan chiqib olishsin.Andijonlik muhlislar katta futboldan bahramand bo'lishsin.Keyingi mavsumda katta ehtimol bilan Kubokni yutsa Paxtakor ishtirok etadi,Elit Ligada esa Nasaf yoki Neftchi,tarkib va byudjet jihatdan Neftchi kuchliroq bo'lsa kerak
Menimcha ham shunday,Neftchi orada total qilib rasxodlarni chiqargandek,Paxtakorga ham 0:4 da o'yinni sotishgandi,mana oxirida otni qamchilab jiddiylashdi,taqvim jihatdan Nasafni jiddiyroq raqiblar OKMK,Paxtakor,Andijon,Navbahor lar bilan o'yinlarda ochko yo'qotishi mumkin,lekin kuchlisi chempion bo'lsin.Nasafga ham,Neftchi va Andijonga ham omad
   
01 okt 23:27:47
Rasul M
Otgan yili yondirgan Bektemirni zaxiraga mixlagandan keyin nima deysizlar bu odamga
   
01 okt 23:00:50
Андижан
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Танкидни кераги йук танкид деганимиз аслида гийбат булиб коляпти
Балки хакдирсиз аммо лекин бирок
   
01 okt 22:59:27
Андижан
Нолга у́йнайдиган учрашувлар бошка бу́лади масалан у́збекистонни баа билан у́йини бугунги у́йинда гол керак эди галаба керак эди афсус Максим бунт тушунмаяпсан
   
01 okt 22:57:32
Абд
Maksimjon aka, "duxizga o'tiribsiz"-ku, a?!!! Bu yerda Anjanga yutaman, yeb tashlayman feydigan murabbiy kerak.
   
01 okt 22:54:15
Жамшид Jamshid
Узбек футболида хужумчи дарвозабон дефицит бу кетишда футболимиз тамом булади
-1   
01 okt 22:52:51
Tim Beck
Yutish uchun gol urish kerak, qorqoqlik qilmaslik kerak , Maks !
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика