Sadio Mane Senegal terma jamoasidan ketganini tasdiqladi: "Nasib qilsa, shu erda to'xtayman. Keyingi avlod mening o'rnimni bosa oladi"
19 jan 22:50
Yangiliklar
Sadio Mane Senegal terma jamoasidan ketganini tasdiqladi: "Nasib qilsa, shu erda to'xtayman. Keyingi avlod mening o'rnimni bosa oladi"
Sadio Mane Senegal terma jamoasi bilan xayrlashdi.
"Al Nassr" hujumchisi va Senegal futboli afsonasi Sadio Mane milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini rasman elon qildi. Kecha Senegal terma jamoasi Afrika Kubogi finalida Marokashni qo'shimcha bo'limlarda 1:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
"Bu haqda avval ham aytgandim, hozir yana bir bor takrorlayman. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Xudo xohlasa, shu erda to'xtayman.
O'ylaymanki, keyingi avlodga ishonish mumkin, ular o'z vazifalarini alo darajada uddalay olishadi. Men esa ularning "12-o'yinchisi" (muxlisi) bo'lib qolaman", – dedi Mane.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Садио Мане легенда!