Afrika Millatlar Kubogi. Musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi
19 jan 08:20
Yangiliklar
Afrika Millatlar Kubogi. Musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi
Senegal terma jamoasi turnir tarixida ikkinchi marta chempion bo'ldi. Taqdirlash marosimida FIFA tomonidan turnirning eng yaxshi futbolchilariga individual sovrinlar topshirildi.
Eng yaxshi darvozabon deb 34 yoshli marokashlik Yassin Bunu topildi. U turnirning barcha 7 o'yinida maydonga tushdi, 2 ta gol o'tkazib yubordi, 5 ta o'yinda «quruq» o'ynadi va bitta penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
Turnirning eng yaxshi futbolchisi deb Senegalning 33 yoshli vingeri Sadio Mane etirof etildi. U 7 o'yinda 2 gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Turnirning eng yaxshi to'purari esa Marokash hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias bo'ldi – 7 o'yinda 5 ta gol.
Bundan tashqari, FIFA tomonidan "Feyr-pley" sovrini Marokash terma jamoasiga berildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar