Ryudiger "Real"ga o'tishi haqida: "Hala Madrid va ortiq hech narsa. Barcha mavjud titullarni yutmoqchiman"
20 iyu 2022 18:01
Yangiliklar
Ryudiger "Real"ga o'tishi haqida: "Hala Madrid va ortiq hech narsa. Barcha mavjud titullarni yutmoqchiman"
Antonio Ryudiger "Real"ga o'tishi haqida gapirdi.
"Bu barchamiz uchun o'zgacha kun. Ota-onamga minnatdorchilik bildirmoqchiman, sababi ularsiz bu erda bo'lmas edim. Ular butun hayotim davomida meni qo'llab-quvvatlashdi.
SHuningdek prezident [Florentino Peres]ga ushbu klub uchun o'ynash imkoniyatini taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Madrid klubi xodimlariga qabul uchun rahmat, bor kuchimni ishga solishga vada berishim mumkin.
Barcha mavjud titullarni yutmoqchiman. Hala Madrid va ortiq hech narsa", – deydi "Real" himoyachisi.
Ryudiger Madrid klubiga "CHelsi"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida o'tdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar