Ryudiger "Jirona" bilan o'yinda ishtirok eta oladi
29 sen 2023 14:47
Yangiliklar
Ryudiger "Jirona" bilan o'yinda ishtirok eta oladi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerning jarohati jamoaning tibbiy shtabi xavfsiragan darajada jiddiy emas.
Jurnalist Melkor Ruisning malumotlariga ko'ra, germaniyalik futbolchi engil jarohat olgan. U Ispaniya chempionati peshqadami "Jirona"ga qarshi o'yinga qadar tuzalib ketishi ehtimoli bor.
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kecha "Las-Palmas" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng matbuot anjumanida Ryudigerning "Jirona"ga qarshi o'ynolmasligini aytgandi. Biroq ertalabki testlar ijobiy natijani ko'rsatdi, bu futbolchiga bahsda qatnashish umidini beradi.
"Jirona" – "Real" uchrashuvi ertaga 21:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar