Tonali APLning top klubiga o'tishi mumkin
03 jan 11:50
Yangiliklar
Tonali APLning top klubiga o'tishi mumkin
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali yanvar oyida klubini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Stiven Bantingning malum qilishicha, 25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul"dan katta qiziqish bor. Mersisaydliklarning fikricha, 40 million evro atrofidagi takliflar kelishuvni amalga oshirish uchun etarli bo'lishi mumkin. Futbolchini "Yuventus" ham kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Tonali barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tonalining "Nyukasl" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar