"Atletiko" futbolchisi Italiyaga yo'l olmoqda
03 jan 12:41
Yangiliklar
"Atletiko" futbolchisi Italiyaga yo'l olmoqda
Madridning "Atletiko" klubi "Roma" bilan 25 yoshli italiyalik hujumchi Jakomo Raspadorining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio yozmoqda.
Insayderning malum qilishicha, hujumchi o'ylashga vaqt olgan, forvard "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone bilan uchrashib, klubdagi kelajagini muhokama qilishni rejalashtirgan. Futbolchi "Roma" bilan hamkorlik qilishning bir nechta variantlarini ko'rib chiqmoqda - ijara va to'liq transfer.
Raspadori bu mavsum oldidan "Atletiko"ga "Napoli"dan ko'chib o'tgan edi. Hujumchi klub safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar