So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  3 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  5 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  21 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Rustam Umarov: “Bizni futbolchilardan qaerimiz kam?” Yangiliklar

Rustam Umarov: “Bizni futbolchilardan qaerimiz kam?”

Teglar :  FutzalRustam Umarov
O'zbekiston futzal assosiaciyasi tugatilganiga ham ko'p vaqt bo'lmadi.

Bundan avval futzal  bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2016 yili Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida 2-o'rinni egallab Kolumbiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etib qaytganidan barchaning xabari bor. So'ngi paytlarda yurtimizda futzalga bo'lgan etibor biroz tushib ketdi. Etakchi bo'lgan “Ardus”, “Maksam-CHirchiq” kabi kuchli bo'lgan futzal jamoalarimizning faoliyatiga yakun yasaldi. OKMK jamoasi ikki yildan buyon Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmayapti. U-20 yoshdagi futzalchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqaga ham kam vaqt qoldi. Lekin U-20 yoshdagi terma jamoamiz xali ham yig'inga kirishmagan. Biz Kolumbiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni bilan bog'lanibfutzalimizdagi o'zgarishlar to'g'risida suhbatlashdik.



-    Bizda futzalga bo'lgan etibor biroz pastlaganiga nima sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?
-    Avvallari futzal assosiaciyasi bor edi.Futzal bo'yicha alohida kompaniya bor edi. Hozir esa futzalimiz O'zbekiston futbol assosiaciyasi qaramog'iga o'tgan. Meni fikrimcha ayni damda futzalga qarashga biroz vaqt bo'lmayotgan bo'lsa kerak. O'zbekiston futzal assosiaciyasi paytida o'zimizning chempionatimiz, terma jamoalarimiz bor edi. O'sha paytda ko'p bo'lmasam ham oyligimiz bor edi. SHunga yarasha harakat qilardik. O'shanda yoshi katta futzalchilarni ham yoshlarni ham futzal o'ynashga bo'lgan ishtiyoqi bor edi.

-    O'zbekiston futbol federaciyasi O'zbekiston futbol assosiaciyasiga o'zgartirilgandan barcha narsa o'zgartirildi. Yani superligadagi har bir jamoaning o'zini futzal jamoasi bo'lishi kerak, deya rasman elon qilishdi. Bundan ko'rinib turibdiki “Ardus”, “Maksam-CHirchiq” kabi futbol jamoalari yo'q bo'lgan futzal jamoalari faoliyatiga yakun yasaldi. Bu ham futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining saviyasi biroz pasayganiga sabab bo'ldimi?
-    Futbol jamoalarining futzal jamoalari bo'lishi kerak degan taklif yaxshi bo'ldi. O'yinlar soni o'z-o'zidan ko'paydi. Lekin, masalaning boshqa tarafi bor. Hozirgi futzal jamoalarining saviyasi past darajada. Rahbariyat futzal jamoalariga moliyaviy tomondan hech qanday yordam bermayapti. SHuning uchun ham tajribasi yo'q futzalchilarni o'yinlarda maydonga tushirmoqda. Ularning oldiga hech qanday vazifa qo'yilmayapti agarda hech qanday vazifa bo'lmasa jamoalarning saviyasi qanday bo'ladi? 2-3ta yaxshi jamoalarimiz bor. SHuning uchun chempionatimizdagi jamoalarning oldiga hech qanday vazifa qo'yilmayapti va uchrashuvlarda birgina darvoza tomon o'yin bo'lmoqda. Bunday holatda hech qanday rivojlanish bo'lmaydi. Futzalni rivojlantirish uchun qiziqish bo'lish kerak. Har bir jamoada professional murabbiy bo'lishi kerak. Evropadan yaxshi murabbiylarni klublarimizga, terma jamoalarga jalb qilish kerak. Bizda futzalni tushunmaydiganlar ham futzal klublariga murabbiy bo'lib olishgan. Bunday holatda albatta rivojlanish bo'lmaydi. CHempionat tizimi yaxshi, lekin saviya juda ham past darajada. “Qizilqum”, “Qo'qon-1912” jamoalariga futzal kerak emas, deb o'ylayman. “Buxoro”, “Neftchi” kabi futzal klublari mablag'siz chempionat bahslarida ishtirok etishmoqda.Barchasi borib mablag'ga taqaladi. Misol uchun “Maksam-CHirchiq”, “Ardus” professioanal jamoalar edi. Ushbu klublarga alohida mablag' ajratilgan smeta bor jamoalar edi.SHuning uchun ham ularning oldida vazifasi bor edi. Hozir meni fikrimcha, nomiga jamoa qilib qo'yishgan. SHuning uchun saviya past darajada.



-    Avvallari OKMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasida yaxshi natijalar qayd etardi. So'nggi ikki yil ichida OCHLda guruh bosqichidan nariga ham o'ta olmayapti.
-    Albatta ikki yildan buyon OCHL guruh bosqichidan uyog'iga o'ta olmayapmiz. Avvalo chempionatimizni rivojlantirishimiz kerak. Osiyo futzal jamoalarining chempionat bahslari rivojlangan. Har bir jamoada 2-3 nafardan legioner futzalchilar bor. Bizda esa legionerlar uyoqda tursin yaxshi futzalchilarimiz ham barmoq bilan sanoqli darajada. Legionerlar chempionatni kuchaytiradi.

-    So'ngi paytlarda Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, Jamol SHaripov,Artur Yunusov kabi kuchli futzalchilar chiqmayapti. Yani aytmoqchi bo'lganim yosh futzalchilarni tarbiyalaydigan akademiya yoki bo'lmasam klublar yo'q. Bungay qanday fikr bildirasiz?
-    Albatta, bizga yaxshi futzalchilarni tayyorlab beradigan akademiya kerak. Misol uchun Eronda futzalchilarni tarbiyalaydigan alohida futzal maktabi bor. Bizda esa bunday maktablar yo'q. Agarda bizda yoshlar jamoalari, akademiyalar bo'lmasa futzalchilar qanday etishib chiqadi? Futbolda o'zini ko'rsata olmagan yoki bo'lmasam futbol jamoalarida faoliyatini davom ettira olmagan bollar futzalga kelib faoliyatini davom ettirmoqda.Futbol o'ynab turib faoliyatini futzalda davom ettirgan har qanday sportchi albatta qiynaladi. SHuning uchun futzalchilarni tayyorlab chiqaradigan murabbiylar bo'lishi kerak.



-    Futzal jamoalarida ishlashi mumkin bo'lgan murabbiylar tan olib aytish kerak bizda sanoqli hisoblanadi. Misol uchun Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev. Bularda boshqa professional, o'z ishini ustasi bo'lgan futzal murabbiylarini tanimayman ham.
-    Avvalo rahbariyatda futzalga bo'lgan qiziqish bo'lish kerak. Misol uchun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan Xose Mariya Mendezdan so'ng sobiq jamoadoshim Nodir Eliboev bemalol termajamoani boshqara oladi, deb o'ylayman. Terma jamoada ham Baxodir Ahmedov bilan birga juda ham yaxshi mashg'ulot o'tkazishadi. “Ardus” jamoasi faoliyatiga yakun yasalgandan so'ng Nodir Eliboev futzalda ishsiz qoldi. O'ylaymanki, Eliboev terma jamoaga yaxshi murabbiy bo'la oladi. Bizda o'sish uchun hech qanday harakat bo'lmayapti.

-    CHempionat bahslari OAVda kamdan-kam yoritilmoqda. Bunga nima deya olasiz?
-    Avvallari OAVda futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatini yoritishardi. Hozir esa hech kim futzalga qiziqmay qo'ygan. CHempionatimiz qay tarzda ketmoqda, qanday natijalar qayd etilmoqda, bu borada hech kim qiziqmay qo'ygan. Oktyabr oyida yig'in bo'ladi. Ushbu yig'in qay tarzda o'tadi vaqt ko'rsatadi. Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga barcha narsa tayyorlab qo'yilgan. CHiroyli mehmonxonalarda yashashadi. CHiroyli avtobuslarda mashg'ulotlarga borishadi. Bizni esa CHig'atoydagi futbol bazasiga yotqizishadi. Bizning futbolchilardan qaerimiz kam? Biz ham vaqtida O'zbekiston mehmonxonasida yashaganmiz. Vaqtida yaxshi sharoitlar bo'lgan. Hozir nima uchun bizni ajrayotganiga tushunmayman. Gapiraman desa gap ko'p. Biz juda ham yaxshi natijalarni ko'rsatganmiz, Osiyo chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritganmiz. Jahon chempionatida ishtirok etganmiz. Bu ham futbol-ku! Nima uchun bizni ajratishadi? Bizni ulardan kam joyimiz yo'q. Nima uchun bizga bunday etibor qaratishmoqda? Men hozir faoliyatimni tugatishni istamayman. Yuqori saviyada faoliyatimni tugatishni istayman. Yana bir bor jahon chempionatida qatnashish niyatim bor. Maqsadlarim yuqori.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика