3 o'yinda 2 ochko to'plagan Simeone: "Uchinchi o'rin etarli emas. Chempion bo'lish vaqti keldi"
10 sen 18:27
Yangiliklar


3 o'yinda 2 ochko to'plagan Simeone: "Uchinchi o'rin etarli emas. Chempion bo'lish vaqti keldi"
Diego Simeone Atletiko La Ligani yutishi kerak deb hisoblaydi.
"Endi chempion bo'lishimiz kerak. Agar “Atletiko” klub va jamoa sifatida o'sishda va takomillashishda davom etmoqchi bo'lsa, u yana chempion qozonishi shart.
Biz 1996, 2014 va 2021 yillarda bosh sovrinni qo'lga kiritgan edik, endi [yana] vaqti keldi. Men bo'shashib, uchinchi o'ringa qoniqmasligim kerak, chunki bu menga etarli emas.
Uchinchi o'rindan mamnunmanmi? Yo'q, bu meni xursand qilmaydi, lekin klub uchun uchinchi o'rin juda muhim, men esa klub odamiman", – dedi "Atletiko" bosh murabbiyi COPE’ga bergan intervyusida.
So'nggi olti mavsumdan to'rttasida madridliklar La Ligada uchinchi o'rinni egallab, "Barselona" va "Real"ga yutqazdi.
Hozirgi vaqtda Simeone jamoasi chempionatda 3ta o'yinda 2 ochko to'plab, 17-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar