Rustam Mirsodiqov: “O'z maydonimizda mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q”
15 sen 2013 11:23
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: “O'z maydonimizda mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q”
"Metallurg" - "Guliston" (5:3) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugungi o'yinga odatdagidek g'alaba uchun tushgandik”, - deb gap boshladi Rustam Mirsodiqov. “Birinchi bo'limda bir qator vaziyatlar yaratilganiga qaramay ularning ko'pidan foydalana olmadik. “Guliston” esa aksincha yaratilgan vaziyatlardan maksimal tarzda foydalanib hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limda esa shogirdlarim o'zlariga kelishdi va g'alaba qozona olishdi. Yigitlarga rahmat aytaman”.
“Agar bugungi o'yinda o'z maydonimizda mag'lub bo'lganimizda ahvolimiz og'irlashib qolardi, hozirgi vaqtda mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q”.
“Agar bugungi o'yinda o'z maydonimizda mag'lub bo'lganimizda ahvolimiz og'irlashib qolardi, hozirgi vaqtda mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q”.
“SHogirdlarimdan hech birini alohida ko'rsata olmayman, barcha bir jamoa bo'lib g'alaba uchun harakat qildi”.
Ismoiljon Mamarasulov yozib oldi
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar