So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  11 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  105 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  13 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

Rustam Mirsodiqov: "Mashal"dan hujumkor o'yin kutgan edim" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Mashal"dan hujumkor o'yin kutgan edim"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanini birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.

 
"Futbolning qoidasi bor.  Sen urmasang senga urishadi.  1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan vaqtimizda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi.  Agar yana bir bor gol kiritib 2:0 ga o'tib olganimizda g'alabani ushlab qolar edik.  G'alaba har ikki jamoaga ham juda kerak edi.  Men "Mashal"dan hujumkor o'yin kutgan edim.  Bu o'yinni raqib ko'rsatmadi",  - deydi Rustam Mirsodiqov.
- "SHo'rtan" bilan uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida vohaning barcha jamoasini mehmonda mag'lub etmoqchimiz degan edingiz.  Bu rejangiz amalga oshdi deb o'ylaysizmi ?

- SHuni ham o'yladim.  Mana buni fursati ham etib kelmoqda.  Bugun hech bo'lmaa hisobni ushlab qolganimizda "Mashal" ham mag'lub etilar edi.  Hali o'z maydonimizda ikki voha jamoasiga qarshi o'yin ham bor.  SHu o'yinlardan so'ng bu rejam qanchalik o'zini oqlaganini ko'ramiz.  

- Raqibni oxirgi uchrashuvlarini ko'rib chiqqan bo'lsangiz "Mashal"ning muvaffaqiyatsiz o'yinlariga nima etishmayapdi deb o'ylaysiz?
- Ularni o'yinlarini ko'rdim.  Maydon egalaridan hujumkor futbol kutgan edim.  Ular bitta vaziyat yaratdi va undan foydalandi.  Hujum chizig'ida muammosi ko'p.  Ikkinchi bo'lim qarshi hujumda o'ynashni ko'zlagan edik lekin vaziyatlarda omadimiz kelmadi.  

- Yoshlar ligasi bahsida SHohnazar Norbekov juda ham mazmunli o'yin ko'rsatmoqda.  Nima uchun hatto zaxira tarkibida ham yo'q?

- Norbekovni oyog'ida kichik jarohati bor.  Uni olib qolgandan foyda bo'lmasdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика