So’nggi yangiliklar

19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  14 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  8 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1

Rustam Ashurmatov: "Katanecning yo'qligi muammo emas. Biz u bo'lmasa ham, nima istashini yaxshi bilamiz" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Katanecning yo'qligi muammo emas. Biz u bo'lmasa ham, nima istashini yaxshi bilamiz"

Qozonning "Rubin" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotida intervyu berdi.

Rustam, g'alaba bilan tabriklaymiz. Gonkongdagi o'yin haqida qisqacha fikrlaringiz
Tabrik uchun rahmat. O'yin yaxshi bo'ldi. Har doimgidek yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. To'g'ri, birinchi bo'limda gol urishda ozroq muammolarga duch keldik, ammo imkoniyatlarimiz etarli edi.

SHu sababli, birinchi bo'limdan keyin ham ishonch bor edi. Yakunda nafaqat o'zimizning, balki murabbiylar va muxlislar ishonchini ham oqladik, deb o'ylayman. 

Milliy terma jamoa safidagi debyut golingizni urishga muvaffaq bo'ldingiz. Hissiyotlar qanday bo'ldi?
To'g'risini, aytsam terma jamoa safidagi debyut golimligini aniq eslay olmasdim. O'yindan keyin bildim. Albatta, xursand bo'lamiz. Xudo xohlasa davomiy bo'ladi, deb umid qilaman.

Gol urgandan keyin oqsoqlanib qoldingiz va zaxiraga olindingiz. Hozir ahvolingiz qanaqa?
Sakrab erga noqulay tushdim, shu sababli og'riz his qilib, zaxiraga olingandim. Hozir barchasi joyida, tashvishlanishga o'rin yo'q.

Bosh murabbiy Sloveniyaga uchib ketdi. Bu jamoaga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?
Hozir kiyinish xonasida bolalar bilan bu haqida gaplashdik. Muammo bo'ladi deb o'ylamayman. Biz u nima xohlashini yaxshi bilamiz va iloji boricha uning ko'rsatmalaridan chiqmaslikka harakat qilamiz.

"Bunyodkor" stadionida muxlislar daldasi qanchalik kerak?
Bizga har doim muxlislar daldasi doimo muhim. O'zbekistonda o'ynagan o'yinlarimizda g'alaba qozonsak, butun mamlakat xursand bo'ladi — biz uchun eng muhimi shu.  

Gonkongdagi maydon holati haqida
To'g'risi, maydon holati yomonroqligi haqida bilardik, lekin kichikroqligini bilmagandik. Borganda bilib oldik. Mashg'ulotlar vaqtida ozroq noqulay bo'ldi, biroq o'yin vaqtida bunga etibor bermaslikka harakat qildik hamda g'alaba qozondik.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика