So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  22 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  15 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Rustam Akramov: Dinamo Paxtakorga jiddiy qarshilik ko'rsatsa kerak Yangiliklar

Rustam Akramov: Dinamo Paxtakorga jiddiy qarshilik ko'rsatsa kerak

Mamlakatimizning eng tajribali murabbiylaridan biri, futbol professori Rustam Akramov Erudit Sport gazetasida 6-tur oldi o'yinlar sharhini sharhlab o'tarkan, shanba kuni Samarqandda bo'lib o'tadigan Dinamo - Paxtakor uchrashuviga to'xtalab o'tdi.
Taniqli mutaxassisning aytishicha, minglab muxlislar qarshisida o'tadigan - kuchli beshlikdan o'rin olib turgan Dinamo va peshqadam Paxtakor o'rtasidagi uchrashuv ancha shiddatli va qiziqarli o'tadi.

Samarqanddagi o'yin shiddatli va ancha qiziqarli o'tsa kerak. CHunki Dinamo ham, Paxtakor ham hozirda muxlislar ishonchini qozonmoqda. O'yin minglab samarqandlik muxlislar qarshisida o'tsada, fikrimcha, ushbu juftlikda Paxtakorning imkoniyati yuqoriroq. Dinamo jamoasini hurmat qilaman. Samarqandda yaxshi murabbiy ishlayapti. Ammo Dinamo bilan Paxtakorni solishtirganda, toshkentliklar raqibiga nisbatan kuchliroq, menimcha. Boz ustiga, ular mavsumni juda yaxshi boshlashdi va ketma-ket g'alabalar tufayli yuqori darajada ruhlanishgan. SHu bilan birga o'z o'yinlarini borgan sari takomillashtirib borishyapti. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mezbonlar jiddiy qarshilik ko'rsatishsada, Dinamo uchun peshqadam Paxtakorni to'xtatib qolish qiyin bo'ladi. Qolaversa, shu kuni Dinamoning ijaradagi futbolchilari to'p surishi savol ostida turibdi. Biroq bu Samarqand jamoasi maydonga shunchaki tushadi degani emas. Ular bor kuch va imkoniyatlarini ishga solsalar kerak - deydi Rustam Akramov gazetaning tur prevyusida.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика