So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Sherzod Jo'raev: "Nasaf"dek jamoaga qarshi futbolchilarni alohida ruhlantirish shart emas" Yangiliklar

Sherzod Jo'raev: "Nasaf"dek jamoaga qarshi futbolchilarni alohida ruhlantirish shart emas"

Superliga 27-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Sherzod Jo'raev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- "Nasaf" o'z nomiga va tarixiga ega jamoalardan biri. Kuchli futbol namoyish etishini hamma biladi. Shundan kelib chiqib biz bu jamoaga qarshi ochiq o'yin namoyish eta olmasdik. Shu bois asosiy etiborni himoyaga qaratgan holda qarshi hujumda o'z kuchimizni sinab ko'rishni maqsad qildik. O'yin og'ir kechishini bilardik va shunday bo'ldi ham.

- Bugun jamoangiz g'alaba uchun maydonga tushdimi yoki yutqazib qo'ymaslik uchunmi?

- Bugun g'alabani ko'zlab maydonga tushgandik. Bilasiz, futbolda hamma yutuq haqida o'ylaydi, o'yinni o'tkazib olsak bo'ldi deb o'ylaydigan jamoa bo'lmasa kerak. Biz namanganlik muxlislarni xursand qilish uchun o'ynayapmiz. Ko'p uchrashuvlarda ishqibozlarni ranjitib qo'ydik, endi ularning ishonchini yana qaytarishga harakat qilyapmiz.  Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvlarda ham bor kuchni berib o'ynaymiz.

- "Nasaf" tarkibida qaysi futbolchining harakatlari ko'proq yoqdi?

- "Nasaf" shunday jamoaki hech qachon bitta yo ikkita futbolchiga suyanib o'ynamaydi. Doim jamoaviy o'yin tuzishga harakat qiladi. Shu bois alohida kimnidir ajratib ko'rsata olmayman. Menga Ro'ziqul Berdievning ish yuritish uslubi doim yoqqan, u kishining metodikasini bemalol o'rgansa bo'ladi.

- 2022 yildan beri "Nasaf" "Navbahor"ning chempion bo'lishiga yoki kubokni qo'lga kiritishiga to'sqinlik qilib kelmoqda. Bugungi durang qaysidir manoda revansh olindi desa bo'ladi. Bu borada fikringiz?

- Agar shunday bo'lgan bo'lsa, buni qaytar dunyo deydilar. Doim ham "Nasaf" yutavermaydi-ku. Biz "Nasaf"ga qarshi oldingi natijalarni o'ylamasdan o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qildik. Bunday jamoalar bilan to'qnash kelib siz o'z darajangizni bilib olasiz. Chunki "Nasaf" "Al Hilol", "Al Ahli" kabi grand jamoalar bilan tengma-teng o'ynadi. Shu orqali futbolchilar katta futbolga qadam tashlaydi, shu orqali motivaciya uyg'onadi.

- Bugungi uchrashuvda ishtiyoq umuman boshqacha bo'ldi. Siz o'yindan oldin futbolchilarga nima dedingiz?

- Qo'qondagi o'yinimizda ham ishtiyoq yuqori bo'lgandi, faqat xatolar kuzatildi. "Bunyodkor" bilan bahsda ham xatolar davom etdi. Bugun esa iloji boricha xato qilmaslikka harakat qildik. Qolaversa "Nasaf"ga qarshi futbolchilarni alohida ruhlantirish shart emas.

- Chempionlik poygasida qaysi jamoaning imkoniyatini yuqori baholaysiz?

- "Neftchi"ning taqvimi unchalik murakkab emas. "Nasaf"da taqvim biroz og'irroq: Toshkentda "Paxtakor" bilan o'ynaydi, o'z uyida "Dinamo"ni qabul qiladi.   Futbolda chempionlikka erishish emas, balki uni saqlab qolish qiyin deb o'ylayman.

- Bugun Durbek Umaralievni murabbiylar shtabida ko'rdik.

- Durbek Umaraliev yaxshi mutaxassis, futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha yaxshi ish olib boradi. Shu bois ham murabbiylar shtabiga chaqirishga qaror qildik.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
31 okt 09:05:28
safo78
Навбахорга кейинги йил омад,яна чемпионлик учун курашадиган жамоа бўлишига тилакдошман.
Нефтчи мухлисларидан
   
31 okt 11:59:36
Rustam Ruziyev
Дуранг учун 35 миллион сўмдан берилган мукофот, ҳар қандай руҳлантирадиган гапдан устунку))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика