Ro'ziqul Berdiev OKMK bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytgan gaplari bo'yicha izoh berdi (to'liq matbuot anjumani)
30 okt 22:59
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev OKMK bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytgan gaplari bo'yicha izoh berdi (to'liq matbuot anjumani)
- O'yin haqida fikringiz?
- "Navbahor" bugun 5-4-1 sxemasida o'ynab yaxshi himoyalandi. Raqib rejasi yaxshi himoyalanish bo'lgani ko'rinib turdi. Pozicion hujumlarda vaziyat yarata oldik. Birinchi bo'limda gol urib olganimizda yoki bo'lmasa ikkinchi taymda Cheranning tepgan to'pi darvoza to'siniga tegmasdan gol bo'lganida ishimiz ancha engillashardi. To'g'ri, uch ochkoni ko'zlab kelgandik, lekin yaxshi o'yin va bir ochko uchun ham shogirdlarimga rahmat aytaman. Durang qoniqarli emas, ammo kurash davom etyapti. Bu oxiri emas.
- Bugungi bahsda chempionlikka bo'lgan harakat va shasht maydondagi o'yinchilarda emas, ko'proq sizda ko'rindi. Bu haqda nima deya olasiz? Ikkinchi savolim: o'tgan tur OKMK bilan bahsdan keyingi matbuot anjumanida bazi gaplarni gapirdingiz. Masalan, "Neftchi" chempionlikni qo'lga kiritadigan bo'lsa, buni jamoa ortida turganlar amalga oshirishini aytib o'tdingiz. Bu gapni hammayam ayta olmaydi. Siz esa mard bo'lib gapirdingiz. Keling, hammasiga shaffof qarab shuni izohlab bersangiz.
- Bu qiyin narsa emas. Bilasiz, men ko'p ham saytlarni kuzatmayman va unchalik etibor bermayman. O'ylashimcha, gapimni noto'g'i tushunib ancha gaplarni yozishibdi. Birinchi savolga kelsak, bugungi o'yinda ishtiyoq menda ham, futbolchilarda ham bor edi. O'zingiz ko'ryapsiz, har to'rt kunda maydonga tushyapmiz. Bu juda og'ir. Bunday paytda jamoani tayyorlash qanchalik og'ir ekanini oldin ham aytib o'tgandim.
Hozir Qarshiga qaytib dam olmasdan keyingi o'yin haqida o'ylashimizga to'g'ri keladi. Qaysi tarkibni maydonga tushiraman, bu ham masala. Charchoq o'z so'zini aytyapti. Agar to'liq tetik holatda bo'lganimizda yanada zo'r o'yin ko'rsatgan bo'lardik. Lekin jamoamizdagi hammada shasht bor, chempionlikni saqlab qolishga harakat bor.
Ikkinchi savolga keladigan bo'lsak, bu erda yashiradigan narsa yo'q. Men har bir klubning mehnatini qadrlayman. Shu jumladan, "Neftchi"ning ham. Nima demoqchi bo'lganimni tushuntiraman: "Neftchi"ni OKMKga qarshi bahsda 20 ming muxlis qo'llab turdi. Keyin "Neftchi" G'uzorga borib "Sho'rtan" bilan o'ynadi va u erda muxlislari qo'llab turdi. So'ngra muxlislar Toshkentga kelib, u erdan Olmaliqqa borib bizga qarshi muxlislik qilishdi. Mana bugun ham 5 ming atrofida "Neftchi" ishqibozi o'yinga keldi. Bu qahramonlik emasmi?
Lekin odamlar aytgan gaplarimni faqat negativ tomonga burishdi. Men muxlislarni qahramon sifatida ko'rsatmoqchi edim. Mana bugun ham besh ming ishqiboz bizga qarshi muxlislik qildi. Bu qahramonlik emasmi? Bu o'z jamoasiga yordam emasmi? Rahbariyatning shuncha sharoit yaratib berayotgani qahramonlik emasmi? Nima uchundir hamma negativ tomonini qidirib ketdi.
Ertaga kim chempion bo'lsa ham mehnatini qadrlaymiz. Chunki chempionlik o'z-o'zidan ro'y berib qolmaydi. Afsuski, hech kim masalaga bu tomondan yondashmayapti. Muxlislarni nazarda tutgandir deb hech kim yaxshi tomoniga qaramadi. Tasavvur qiling, OKMK bilan o'yinda ikki mingga yaqin "Neftchi" muxlisi bizga qarshi muxlislik qildi. Biz esa ularni muhokama qilib o'tirdik. Kechirasiz-u, mening gaplarimda ortiqcha hech narsa yo'q edi, faqat noto'g'ri tushunib pashshadan fil yasashdi.
- Bilamizki, "Nasaf" bu yil ham chempionlikka kurashyapti. O'tgan yil jamoa o'z tarixida birinchi bor chempion bo'lgandi. O'tgan yil chempionlik yo'lidagi harakat bilan bu yilgi chempionlikni saqlab qolish o'rtasida qanday farq bor? Bu bosim yuklamayaptimi?
- O'tgan yil boshqalardan har jabhadada ustun edik deb o'ylayman. Shuning uchun uch-to'rt tur qolganida chempionlikni nishonlagandik. Bu yil esa kurashadigan jamoalar ko'paydi. Qolaversa o'rtamiyona klublarning ham o'yini kuchaydi. Ular ham ochko ola boshlashdi. Masalan, bugun "Navbahor" ancha jiddiy kurashdi.
- Raqamlarga etibor bersak, "Nasaf"da har yil oxiriga kelib natija pasayib qolyapti. Bu "anana"ga aylanib qolmadimi?
- Oxirgi ikki yilni oladigan bo'lsak, chindan ham oxirgi turlarni barqaror o'tkaza olmadik. O'tgan yil ham chempion bo'lganimizdan so'ng qolgan bahslarda o'yinimiz chiqmadi. Aytganingizdek, yillar takrorlanayotganiga o'xshaydi. Tarkib keng bo'lmasa shunaqa qiyinchiliklar bo'laverar ekan. Ham o'zimizda chempionlikni o'ylayapman, ham Osiyoda yaxshi qatnashishni. Bu juda qiyin ish. Bugun o'ynagan jamoamiz toliqib bo'ldi. Ikki kundan keyin esa navbatdagi bahs kutmoqda va eng yaxshi tarkibni aniqlab olishimizga to'g'ri keladi.
- Nima deb o'ylaysiz, chempionlik poygasi tugadimi?
- Tugagani yo'q, nega endi tugashi kerak? Hozirgi paytda birinchi o'rindamiz. Nima uchun bizni hisobdan chiqarishyapti? Hali kurash tugagani yo'q. Hammada imkoniyat bor.
- Bugun Oybek Bozorov maydonda ko'rinmadi.
- Ha, u qattiq betob bo'lib qoldi. Shu bois qaydnomaga kiritmadik.
- Bugun "Navbahor" safida eng yaxshi o'yin ko'rsatgan ftubolchi kim bo'ldi?
- Raqib tarkibida hamma o'zining yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qildi. Shu bois jamoadagi barcha tahsinga loyiq.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar
KEYIN NEFTCHINI MUXLISLARI QATGA BORIB QOLLAB QUVATLEDI OZLARI BILADI SILAR BARIBIR KAMANDADEGI 11 KISHI BN OYNESIZLAR. SILARDIYAM OZ FANATLARIN BOR.????????????
NASAFIY???? SATURN???? TAYSON????
70-75 OLGAAAAAAAAAAA????????????????????????????????