So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Superliga. "Nasaf" "Navbahor" maydonida ochko yo'qotdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" "Navbahor" maydonida ochko yo'qotdi

Superliga 27-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

27-tur

"Navbahor" – "Nasaf" 0:0

Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:30 

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Salohiddin Akramov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Edita Mirabidova

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 8.Shohmalik Komilov, 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 67), 11.Muhammadali G'iyosov (22.Asadbek Jo'raboev, 90+6), 12.Saidazamat Mirsaidov (5.Julio Sezar, 77), 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslan Jiyanov, 24.Doston Abdulhaev (32.Muhammadbobur Mo'ydinov, 67), 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G'ulomov, 99.Igor Gabriel.

Zaxira: 41.Ozodbek Marufov, 6.Sherzod G'ulomjonov, 14.Jamshid Boltaboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Muzaffar Mo'minov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 7.Adenis Shala (20.Yusuf Otubanjo, 90), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev, 19.Stefan Cholovich (9.Javohir Sidiqov, 60), 22.Igor Golban, 24.Sardor Bahromov, 28.Shuhrat Muhammadiev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 60), 34.Sherzod Nasrullaev (2.Alibek Davronov, 77), 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 5.G'olib G'aybullaev, 17.Suhrob Nurulloev, 33.Bahodir Xalilov, 55.Diyor Abdunazarov.

Ogohlantirishlar: Shuhrat Muhammadiev (24), Gilerme Gedesh (45+4), Dragan Cheran (86)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+9. Zarba! Augustoning zarbasini Nematov qaytardi.

90+6. "Navbahor"da o'zgarish.

90+2. Zarba! Cheranning raqib jarima maydonida bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shildi.

90. "Nasaf"da o'zgarish.

89. Hakam dastlab Eshmurodovga qizil kartochka ko'rsatib, so'ngra bekor qildi.

86. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal yuzaga keldi, sababchilardan hisoblangan Cheran ogohlantirildi.

86. G'ulomovning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Nematov egalladi.

85. "Nasaf" hujumi Norchaevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

84. "Nasaf" burchak zarbasi ishlab oldi.

77. Ikki jamoada bittadan o'zgarish.

75. Komilovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

70. Mezbonlar tepgan to'p Nematovning qo'llariga borib tushdi.

67. "Navbahor"da ikki o'zgarish.

65. "Nasaf" hujumi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, ammo Yo'ldoshev to'pni egallab, hujumga yakun yasadi.

60. "Nasaf"da ikki o'zgarish.

59. Zarba! O'rinboevning raqib jarima maydonida yo'llangan zarbasi yo'liga Eshmurodov to'g'anoq bo'ldi.

53. Zarba! Shala raqib jarima maydoniga kirib borib, yaqin burchakni nishonga oldi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

52. Zarba! Cheranning pasini Norchaev zarbaga alynatirdi. Yo'ldoshev o'z o'rnida.

49. Chap qanotdan uzatmani Cheran zarbaga aylantirishga urindi, noaniq.

46. Zarba! "Navbahor" jarima maydoni chizig'i yonida Cheran tomonidan yo'llangan zarba darvoza to'sini va chizig'iga tegib qaytdi, hakam gol bo'lmaganini bildirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+4. Gedesh Cheranga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgani uchun ogohlantirildi.

45+2. Shala Mirsaidovga fol ishlatdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

45. Zarba! "Navbahor"ning chap qanotdan boshlangan hujumi G'iyosovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

44. Golban hujumda "Navbahor" darvozaboniga fol ishlatdi.

42. O'yin davom etadi. Penaltiga asos topilmadi.

40. Cholovich raqib jarima maydonida yiqildi, hakam VAR bilan muloqot qilmoqda.

39. Norchaevning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi yo'liga Gedesh to'g'anoq bo'ldi.

32. Bahromov markazda O'rinboevga nisbatan qo'pol o'ynadi.

30. Komilovning jarimadan uzatmasi Cholovich tomonidan qaytarildi.

28. Cheran raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

24. Muhammadiev G'iyosovga nisbatan qo'pollik uchun ogohlantirildi.

21. Komilovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

19. Zarba! Nasrullaev uzatgan to'pga Cheran bosh bilan zarba berdi. Yo'ldoshev joy tanlashda adashmadi.

15. O'rinboevning zarbasi noaniq.

13. Cholovichning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

11. "Navbahor" darvozaboni Norchaev bilan to'qnashib ketdi.

10. "Navbahor" futbolchisining zarbasini Eshmurodov qaytardi.

9. Standart vaziyat Eshmurodovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

8. G'ulomov Cholovichni yiqitdi. Jarima zarbasi.

7. "Navbahor" jarima maydonida ikki jamoa futbolchilari to'qnashdi, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.

6. Jiyanov chap qanotdan oldinga borishga intildi, to'p uning o'zidan maydonni tark etdi.

4. Komilov bir necha raqibini aldashga urinib, to'pni oldirdi, Cholovich uzatgan to'p Yo'ldoshevga kelib tushdi.

3. Bahromov markazda Komilovga fol ishlatdi.

3. G'ulomov jarima maydoni markaziga pas berdi, Nasrullae to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

2. Jiyanov o'ng qanotdan markazga pas berishga urindi, Eshmurodov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. Zarba! Shala chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va markazga pas berdi, ammo Cheranning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

1. O'yinni mehmonlar boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Navbahor" ko'k, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +19   

Fikrlar

+18   
30 okt 20:39:09
Bek Bek
Navbahor bu durrang bilan Chempionlikni Vodiyda olib qoldi Inshoallah.... Qoyil Sizlarga Mardonavor kurashdinglar..
+15   
30 okt 20:38:11
Umid Tursunov
Nasaf 3-orin bilan chin qalbimdan tabrikleman!!!!
+14   
30 okt 18:38:20
Зоиржон Капаянги.
Навбаҳорга омад. Нефтчи мухлислари бугун Навбаҳорга мухлислик қилади
+13   
30 okt 20:38:58
Навбахор мухлиси..
Assalamu alaykum. Hurmatli Neftchi muxlislari chempionlik muborak!!!! Bu 0:0 sizlarni Insha Allah chempion qiladi. Qolganlar xafa bo'lmang bu esa fakt.
+13   
30 okt 20:17:49
Elbek Normurodov
Navbahor oʻzi uchun emas Neftchi uchun oʻynayapti
+12   
30 okt 20:55:48
quest
Нефтчи газини боссс! Наманган поддержкада!
+11   
30 okt 20:44:44
fahritdin
Бир нарсани тушунмадим! Нега Черанга ракибга очикчасига оёгига зарба берганлиги учун кизил карточка берилмади? Ёки унда дипломатик иммунитет борми?
+11   
30 okt 20:37:49
barselona7
Бу шиптирлар ОГМКга кучи етмаса охирги вақтларда ҳаммага очко улашаётган Навбаҳорни ютолмаса қ*қ борми чемпионлик учун ўйнашига. Мавсумни Рўзи шиптир билан Черан тахта орқасига тиқди. Кейинги мавсумда иккисини ҳам ўрнига муносиб номзодлар келишини кутиб қоламан. Рўзиқул яхши тренер аммо охирги вақтларда мураббийлик курсиси отасидан қолган мерос деб ўйлаяпти шекилли.
+10   
30 okt 20:37:34
Bek Bek
Agar mobodo Neftchi chempion bo'ladigan bo'lsa bu Neftchi futbolchilarini va murabbiylarning emas , koproq Maydon tashqarisidagilarning chempionligi bo'ladi. Hurmat ila OKMK va NAVBAHOR ga qarshi o'yinlarda Durrang o'ynab o'zidan ayb qidirmaydigan Ro'ziqul Berdiev.....
+8   
30 okt 20:38:31
Зоиржон Капаянги.
Навбаҳор Насаф ўйнашди Нефтчи ғалаба қозонди
+8   
30 okt 20:38:11
Abduvali Abdukarimov
Rahmat sizlarga Namanganliklar Neftchi champion
+7   
30 okt 21:28:53
LENEKER
Мен Насаф мухлисиман лекин Нефтчи чемпион булишига карши эмасман , биз Насафни 10- уринда тушиб кетсаям куллаб кувватлаймиз, Нефтчи ишкилиб Чемпион булармикан , охирида жуда кизик тамошалар буладиганга ухшаябдида.
+7   
30 okt 20:38:45
Ishqiboz Muhlis
Эхх Навбахор ўйнаса бўлар эканкуу, молодец
+7   
30 okt 20:38:24
FIFA MANAGER
Iya ko’rshapalaklar yeb qo’yibdiku, endi kim aybdor Paxtakormi? Neftchimi? ????
+7   
30 okt 20:24:13
Muzaffar
Ким бу Черан деганлари итни боласи
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика