So’nggi yangiliklar

08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  0 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  1 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  2 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  5 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5

Ruslan Bolov: “Navbahor”da ko'p gol urish niyatidaman” Yangiliklar

Ruslan Bolov: “Navbahor”da ko'p gol urish niyatidaman”

Rossiyalik mahoratli hujumchi Ruslan Bolov kuni kecha Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng, u bilan suhbat uyushtirib, Ruslanga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Ruslan, avvalo, “Navbahor”ga xush kelibsiz! Sizni jamoaga kim taklif etdi?


- Agentim O'zbekistonning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis va ushbu klub rahbariyati menga qiziqish bildirayotganligini malum qildi. SHundan so'ng, taklifni o'rganib chiqib, Namanganga kelishga ahd qildim hamda shu tariqa, yurtingizga kelib, 5-6 fevral kunlari Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tdim. Keyin esa “Navbahor” qarorgohiga kelib, jamoa bilan shartnoma imzoladim.

- Yurtimizga kelgunga qadar, O'zbekiston futboli va “Navbahor” borasida malumotga egamidingiz?


- Albatta, oz bo'lsa-da, o'zbek futbolidan xabardor edim. Jumladan, men tug'ilib - o'sgan Nalchik shahrining “Spartak-Nalchik” klubida bir paytlari o'zbekistonlik hujumchi Marat Bikmaev o'ynagan hamda uning o'yinlari mahalliy muxlislar, ular qatori menda ham juda yaxshi taassurot qoldirgan.

SHuningdek, Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov” klubida o'ynayotgan Eldor SHomurodovni ham yaxshi bilaman. U Rossiya chempionati to'purarlaridan biri hamda mahoratli hujumchi.

Rossiya yoshlar terma jamoasida o'ynayotganimda, O'zbekiston yoshlar termasiga qarshi ikkita o'yin o'tkazganmiz. Ularning birida 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsak, ikkinchisida 2:2 hisobidagi durangga erishgandik. Umuman olganda, o'sha jamoa menda yaxshi taassurot qoldirgandi. Boisi, O'zbekiston yoshlar termasining hujum chizig'ida mahoratli hujumchilar o'ynashgandi.

Klublardan esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasi haqida eshitganman. Ushbu klubning sobiq ittifoq davrida ham mashhur bo'lganligidan xabarim bor.

“Navbahor” to'g'risida to'xtaladigan bo'lsam, mazkur jamoada o'tgan mavsumda Voronejning “Fakel” klubida birga to'p surgan sobiq jamoadoshlarim va do'stlarim – Aleksandr Kasyan hamda Ivan Solovyov o'ynashdi. Voronejda Ivan bilan bir xonada turardik va shu bois, u bilan munosabatim alo darajada.

SHuning uchun o'tgan mavsumning boshlarida “Navbahor” ishtirokidagi o'yinlar malumotini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordim. O'shanda namanganliklar turnir jadvalining 3-pog'onasida borishayotgandi. Ammo keyinchalik O'zbekiston Superligasini kuzatolmadim. Bilishimcha, jamoa o'tgan mavsum yakunida 9-o'rinni egallagan.

“Navbahor”dan taklif bo'lganidan so'ng, ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu jamoa haqida to'liqroq malumot olishga intildim hamda jamoaning o'z tarixiga egaligi, bir marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritganligi, ko'p marotaba sovrindorlar safidan joy olganligi, shuningdek, O'zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi bo'lganligi, “Paxtakor” bilan birgalikda O'zbekiston Superligasining muntazam ishtirokchisi ekanligini bilib oldim.


- Balki, sizni Andrey Kanchelskis hamda klub rahbariyatiga do'stingiz Ivan Solovyov tavsiya etgandir?


- (kulib). Bilmadim, buni Ivanning o'zidan so'rash kerak. Tavsiya etgan bo'lsa, yana yaxshi. CHunki Solovyov bilan maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Yangi mavsumda yana u bilan birga to'p surish imkoniyatiga ega bo'lyapman. Umid qilamanki, bo'lajak mavsumda bu “Navbahor”ning o'yinlarida asqotadi. Ivanning ham bu yil o'tgan mavsumdagidan ham yaxshiroq o'yin namoyish etishini tilab qolaman.

O'z navbatida shuni ham takidlamoqchimanki, yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilmoqda. Albatta, jamoada maqsadning bo'lgani yaxshi. Bu futbolchilarga qo'shimcha ishtiyoq va kuch-quvvat beradi. Aynan shuning uchun “Navbahor” safidan o'rin oldim.

Bundan tashqari, Namanganga kelishim hamda qaror qabul qilishimda “Navbahor” muxlislarining o'ta fidoiy, sadoqatli va talabchan ekanliklari ham muhim ahamiyat kasb etdi.

- Ayrim hujumchilar har mavsum arafasida o'z oldilariga bu yil shuncha gol uraman, degan maqsad qo'yishadi. Sizda ham shunday anana bormi?


- To'g'ri, har bir hujumchi har bir mavsumda ko'p to'p kiritishni xohlaydi. Ammo baribir yakunda Allohning xohlagani bo'ladi. Umid qilamanki, bo'lajak mavsumda “Navbahor”da futbolchilik faoliyatim davomidagi eng ko'p golni uraman. Buni amalga oshirish uchun maydonda barcha imkoniyatimni ishga solaman.

- Muxlislarga tilaklaringiz...


- Ishqibozlarni yangi mavsumda nafaqat chiroyli o'yinimiz, balki ijobiy natijalar bilan ham xursand etish niyatidamiz. Axir, futbolda asosiysi, natija.

Bu yilgi mavsum yakunida oldimizga qo'yilgan vazifani bajargan holda, muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lsin, ilohim. Ushbu ezgu niyatni amalga oshirish maqsadida Namanganga keldim.

Muxlislardan esa yangi mavsumda jamoamizni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashlarini tilayman. Biz – futbolchilar esa ularning ishonchlarini oqlash uchun intilamiz.

Futbolchi maydonga o'z oilasini yaxshi taminlash va muxlislarga quvonch ulashish maqsadida tushadi. Yangi mavsumda shu niyatni amalga oshirish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz.

Malumot uchun
Ruslan Bolov – 1994 yil, 7 mayda Rossiyaning Qabardin – Bolqor Respublikasi poytaxti Nalchik shahrida tug'ilgan.
Ampluasi: hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o'ynagan.
O'tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o'tkazgan.
2020 yildan “Navbahor”da.
Oilali, bir o'g'ilning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика