Runi: "Fergyusonning taktikasi xato edi. Biz "Barsa"ga qarshi tengma-teng o'ynaymiz deb ikkita finalni boy berganmiz"
03 avg 2020 14:20
Yangiliklar
Runi: "Fergyusonning taktikasi xato edi. Biz "Barsa"ga qarshi tengma-teng o'ynaymiz deb ikkita finalni boy berganmiz"
MYU CHL finalida 2008/09 va 2010/11 yilgi mavsumlarda "Barselona"ga yutqazgan.
"Real"dek klublarga qarshi "Biz ularga to'pni beramiz" deb chiqish doim qiyin. "Yunayted"da ham shunday. Biz "Barselona"ga qarshi tengma-teng o'ynaymiz, pressing qilamiz va shu orqali yutamiz deb ikki CHL finalini boy berganmiz. Bu o'zini o'ldirishdek gap.
Aleks Fergyusonning gaplarini eslayman: "Biz "Manchester Yunayted"miz va biz hujum qilamiz. Bu klubimizning madaniyati". O'shanda o'ylagandim: "Bunga unchalik amin emasman".
O'yinchilar ich-ichlaridan bu xato ekanligini o'ylashgan. Albatta, shundan so'ng ikki o'yinda ham yutqazganmiz.
Klub haqidagi so'zlar to'g'ri, ammo keyin o'tirasan va o'ylaysan: "Biz yutqazdik". Men CHempionlar Ligasini yutish uchun qanaqa uslubda o'ynashning farqi yo'q deb hisoblayman", - deydi Runi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar