Runi: "Erik ten Xag – ajoyib murabbiy, ammo hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqda"
08 okt 2024 15:10
Yangiliklar
Runi: "Erik ten Xag – ajoyib murabbiy, ammo hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqda"
"Ishonchim komil, Erik ten Xag – ajoyib murabbiy. U qaerda ishlagan bo'lsa, hamma joyda sovrinlar yutgan. Jumladan, "Manchester Yunayted"da ham. SHunday ekan, hozir u shunchaki qiyin davrni boshdan kechirmoqda. O'ylashimcha, uning o'zi ham shunday fikrda. Umid qilamanki, u vaziyatni o'zgartira oladi, chunki ko'pincha murabbiylar ishini yo'qotadi, lekin keyin klub yangi mutaxassis bilan o'z yo'lini topib olishiga undan ham ko'proq vaqt talab qilinadi.
Menimcha, 14-o'rinni biror sabab bilan izohlab bo'lmaydi. MYU sovrinlar uchun kurashishni istaydi, demak, klubdagi barcha o'z ish sifatini yanada yaxshilashi zarur. Erik ten Xag barchasini to'g'rilash uchun astoydil harakat qilayotganini bilaman.
O'tgan mavsum aytganimdek, futbolchilar ham hozir har qachongidan ko'proq ter to'kishlari talab qilinadi. Oxirgi bir necha yilda ko'plab futbolchilar klubda o'ynab ketishdi. "Manchester Yunayted" yana eng yuqori o'rinlar uchun kurashishini ko'rishni istardim".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar