Ruben Sanches: "Hozirda "Surxon"ga faqat g'alabalar kerak"
		
		21 sen 2022 14:15
        Yangiliklar	
	 
				 
				Ruben Sanches: "Hozirda "Surxon"ga faqat g'alabalar kerak"
Coca Cola Superligasining 19-turi doirasida bo'lib o'tgan "Surxon" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Ruben Sanches Peres o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
			Malumot uchun, mazkur bahsda ispaniyalik futbolchi raqib darvozasini ishg'ol qildi va g'alabaga o'z hissasini qo'shdi.
- "Lokomotiv" bilan o'yin juda qiyin kechdi. Bizni mazkur bahsda faqat g'alaba qoniqtirardi. Oldingi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin g'alaba qozonmasak, ahvolimiz yanada qiyinlashishi mumkin edi. Birlashib, g'alaba uchun harakat qildik va yakunda maqsadimizga etdik.
Albatta, gol urganimdan xursandman. Bu vaziyatda Murod Bobojonov menga yordam berdi, darvozabonning ojiz nuqtasini topa oldim.
To'g'risi, nechta gol urish bo'yicha aniq bir raqamni ayta olmayman. Imkon qadar gollarim bilan jamoa g'alabalariga hissa qo'shishni maqsad qilganman. Bizga ayni vaqtda faqat g'alabalar kerak", - deydi Sanches.

O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar