So’nggi yangiliklar

17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  0 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  2 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  1 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  3 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  9 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1

RPL. “Spartak” derbida irodali g'alaba qo'lga kiritdi Yangiliklar

RPL. “Spartak” derbida irodali g'alaba qo'lga kiritdi

“Moskva derbisi” matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Spartak – Lokomotiv 2:1

21.00, «Otkritie Arena»

Gol: Murilo (10), Larsson (53), Sobolev (81).

Spartak – Maksimenko, Jigo, Djikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Kral, Umyarov (Eshhenko, 90), Bakaev (Glushenkov, 79), Larsson (Til, 90), Ponse (Sobolev, 59).

Lokomotiv – Gilerme, Rybus, CHorluka, Serkeyra, Ignatev, Miranchuk, Miranchuk (Rybchinskiy, 36; Lisakovich, 85), Kryxovyak, Barinov (Magkeev, 18), Eder (Kamano, 84), Smolov (Jemaletdinov, 85).

Ogohlantirish: Barinov (6), Ribus (42), Krixovyak (45), CHorluka (69), Ribchinskiy (80), Umyarov (86).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Spartak"ni qo'lga kiritilgan, qiyin, og'ir, biroq adolatli g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi hujumkor o'yin orqali "Spartak" albatta, yuqori natijalarga erisha oladi.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. Sobolevning bu safar boshi bilan bergan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

84. "Loko" o'yinda o'zgarish qilish maqsadida o'yinchilarni o'zgartirdi. Ko'ramiz.

81. GOOOOOOOOLLLL!! SOBOLEEEEVVVVVVV!!! Qanotdan oshirilgan to'pga Sobolev boshi bilan zarba yo'llab, hisobni "Spartak" foydasiga o'zgartirib qo'ydi!!! Ederga salom!

77. Nahotki, bugun ham Ostonni maydonda ko'rmasak...

74. EDEEEEEEEEEEEERRRRR!!! Birga bir vaziyatda to'pni tribuna tomon tepdi. "Loko" hisobda oldinga chiqib olishi uchun yana shunday vaziyat bo'larmikin...

73. UXXXXXXX!!! ZOBNIINNN!! Qanotda bir raqibini ikki marta aldab, to'pni darvoza yoniga oshirdi. Hech kim zarba yo'llay olmadi.

69. "Spartak" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. CHorluka o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

67. ZARBAAAAAAA!! Krixovyakning pasidan keyin Eder raqib posti tomon zarba yo'lladi. To'p Maslovga tegib, burchakka chiqib ketgandi. Biroq bosh hakam vaziyatda adashdi va to'p darvoza oldidan o'yinga kiritilishi kerakligini malum qildi.

66. UXXXXX!! Kral kutilmaganda uzoq masofadan zarba yo'lladi. Gilerme o'z o'rnida.

64. ZARBAAAAAAA!! "Spartak" uzoq vaqt davomida hujum tashkil qildi. Larssonning xavfli zarbasini Gilerme qiyinchilik bilan ushlab oldi.

61. ZARBAAAAAAA!! Umyarovning zarbasini Gilerme ushlab oldi. 

59. "Loko" burchak zarbasiga ega bo'lmoqda. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

54. ZARBAAAAAAAA!! Krixovyak 15 metrlardan raqib postini nishonga oldi. Birozz noaniq.

53. GOOOOOOOOOLLLL!!! Larsson birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!!! Uzoq vaqt davom etgan bosim o'z samarasini berdi!

50. ZARBAAAAAAA!!! "Spartak" futbolchilaridan chiroyli kombinaciya! Bakaevning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

48. Xavfli zarba! "Loko" jarima maydonchasi ichida pala-partishlik yuzaga keldi. Zelimxan Bakaev yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Hech qanday o'zgarishlar bo'lmadi taym oldidan.

- "Spartak" futbolchilari maydonga qaytishgan. Yashil kiyimli "temiryo'lchilar"ni kutyapmiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+3. UXXXXX!! Ponse raqib posbonini aldab o'tdi va jamoadoshiga pas berdi. Offsayd qayd etildi.

1-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Spartak" yana bir bor jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Qanotdan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

42. Larssonning jarimadan oshirgan to'pini Murilo qaytarib yubordi.

41. Ribus sariq oldi. "Spartak"da jarima zarbasi.

37. Bir taymning o'zida "Loko"da ikki majburiy o'zgarish bo'ldi. Bu safar Aleksey Miranchuk jarohati sababli almashtirildi.

33. Ana holos! Anton Miranchuk jarohat oldi. U almashtirilishi mumkin.

31. ZARBAAAAAAAAA!! Ponsening boshi bilan uzatgan to'piga Larsson yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.

30. KRAAALLL!! Nimalar qilyapsannn!! Qanotdan oshirilgan to'pga Kral zarba yo'llay olmadi.

27. Kral jarima zarbasidan darvoza tomon zarba yo'lladi. Masofa uzoq edi. Gilerme to'pni ushlab oldi.

25. "Spartak" qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Zobninning o'ng qanotdan oshirgan to'pini CHorluka qaytarib yubordi.

22. Kral burchakdan jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pni Barinov qaytarib yubordi.

20. Eder o'ng qanotdan Maksimenko darvozasini nishonga oldi. Posbon o'z o'rnida.

18. ZARBAAAAAAAA!! Bakaevning zarbasini Gilerme ushlab oldi.

13. Ayrtonning chap qanotdan oshirgan to'pini Gilerme ushlab oldi.

10. GOOOOOOOLLL!! Miranchukning jarimadan oshirgan to'pini Murilo boshi bilan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi!
9. Endi "Loko" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

8. Larssonning jarimadan yo'llagan zarbasini Gilerme ushlab oldi.

5. Krixovyakning xatosidan keyin Barinov o'z jarima maydonchasi yonida Bakaevni yiqitdi. "Spartak"da qulay imkoniyat yuzaga kelmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! 

- Stadion uzra Rossiya davlati madhiyasi yangrab o'tdi. Jamoalar tomonlarini tanlab olishdi.

- Hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni Moskvaga qaratamiz. Bugun "Otkritie Arena"da Moskva derbisi o'tkaziladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика