So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  0 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  1 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

Ro'ziqul Berdievni tabriklaymiz! Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievni tabriklaymiz!

“Nasaf” deganda bir insonni uning yoniga qo'shmasdan gapirib bo'lmaydi. Bu inson ham “Nasaf”siz hayotini tasavvur qila olmaydi.

Bu maqomga u faqat o'zining mehnati va fidoiyligi bilan sazovor bo'lgan.

Bugun mana shunday inson, “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev 46 yoshga to'ldi.

U 1997 yildan beri “Nasaf” bilan birga. 2008 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab murabbiylar shtabiga qo'shildi. Ro'ziqul Berdiev, “Nasaf” safida 314 marta maydonga tushgan futbolchi va juda ko'p mavsumda jamoaga sardorlik ham qilgan. 2012 yildan jamoamizga bosh murabbiylik qilmoqda. Bu murabbiy faqatgina milliy chempionat uchrashuvlarida jamoamizni 146 marta maydonga boshlab tushdi va shularning 94tasida g'alabaga erishildi.

Endi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi - Berdievga yana bir katta masuliyat yuklanayapti. Vatan shanini xalqaro maydonlarda himoya qilmoq. Umid qilamizki, bu ishonch va katta sinovdan ham Berdiev muvaffaqiyatli o'tadi.

“Nasaf” PFK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda vohalik futbol ishqibozlari nomidan u kishini bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Oila azolari baxtiga va barcha futbol muxlislari baxtiga doimo bor bo'ling! Siz bizning ardoqli kishilarimizdan birisiz! Zafarli g'alabalarda xamisha birga bo'laylik! Tilagimiz, har doim shunday elimiz ardog'ida bo'ling!


Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!


“Nasaf” PFK jamoasi


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика