So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  15 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Ro'ziqul Berdiev va Igor Sergeev oktyabr oyi laureatlari Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev va Igor Sergeev oktyabr oyi laureatlari

O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g'olibi aniqlandi.

Unga ko'ra Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul berdiev 71 ochko to'plab oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Oktyabr oyida Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” klubi “Neftchi” va “So'g'diyona”ni mag'lub etdi, “Bunyodkor” va “Dinamo” bilan durang o'ynadi. Bundan tashqari o'tgan oy “ajdarlar” o'z tarixida il kbor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishdi. Ro'ziqul Berdiev avgustda ham oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'lgan edi.

Undan keyingi o'rinni 56 ochko to'plagan “Andijon” ustozi Sergey Kovshov band etdi. Andijonliklar oktyabr oyida chempionatda 4ta o'yin o'tkazib ularning 3tasida g'alabaga erishishdi.

Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubi bosh murabbiy lavozimini bajaruvchisi bo'lgan Andrey Miklyaev yakunlab berdi. Miklyaev 45 ochko to'pladi. “Temiryo'lchilar” ushbu murabbiy qo'l ostida o'tgan oyda chempionatda uchta o'yin o'tkazib ularning barchasida raqibni mag'lub etishdi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeev oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'tgan oyda “So'g'diyona”, “Dinamo” va “Mashal” (2ta) bilan o'yinlarda jami 4ta gol urgan Sergeev so'rovnomada 63 ochko to'pladi. Takidlash lozimki, hujumchi iyun oyida ham ushbu so'rovnomada eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.

Undan keyingi o'rinni “Navbahor” hujumchisi SHahboz Erkinov band etdi. O'tgan oyda to'rtta o'yinda to'rtta gol urgan futbolchi 42 ochko jamg'ardi. Uchinchi o'rinda “Andijon” klubi hujumchisi Anvar Berdiev qayd etildi. Oktyabrda 4ta o'yinda 3ta gol urgan tajribali futbolchi 40 ochko to'pladi.

Oktyabr oyi so'rovnomasi natijalari


Oktyabr oyi so'rovnomasi natijalari

 

O'rin     

Murabbiy

I

II

III

IV

V

Jami    

1

Ro'ziqul Berdiev

12   

2    

1    

-     

-    

71

2

Sergey Kovshov

2

7

5

1

1

56

3

Andrey Miklyaev

1

3

7

2

3

45

4

Bobur Zuhriddinov    

1

2

2

2

8

31

5

Baxtiyor Boboev

-

2

1

9

2

31


 

O'rin     

Futbolchi

I

II

III

IV

V

Jami   

1

Igor Sergeev

7     

5    

2    

1    

-     

63

2

SHahboz Erkinov         

3

2

5

1

2

42

3

Anvar Berdiev

1

6

2

1

3

40

4

Artur Gevorkyan

4

1

2

-

2

32

5

Doston Hamdamov

1

2

-

5

2

25

6

Marat Bikmaev

-

-

2

3

3

15

7

Ilhom SHomurodov

-

-

2

3

1

13

8

Akmal SHorahmedov

-

-

-

1

1

3

9

Murod Zuhurov

-

-

1

-

-

3

10

Nemanya Yanichich

-

-

-

-

1

1


 

Kim kimga ovoz berdi. To'liq ro'yxat

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика