So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  14 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  126

Ro'ziqul Berdiev: "Teng o'yinda uch ochko oldik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Teng o'yinda uch ochko oldik"

"Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.
- Bu o'yin qaysidir jamoani ustunligida o'tdi deyish qiyin. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Eng asosiysi 3 ochkoni qo'lga kiritdik, - deb gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

- Bugungi g'alabaga futbolchilarimning tajribasi va mahorati ham  sabab bo'ldi deb o'ylayman. "Bunyodkor"ga qarshi bahsda ko'p kuch yo'qotganligimiz bugungi ko'rsatgan o'yinimizga o'z tasirini o'tkazmay qo'ymadi. "Andijon" bilan kubokda to'qnash kelgandik. Raqib jamoadagi har bir o'yinchini imkoniyatlarini yaxshi bilardik. Yaxshi o'yin tashkil qilib, g'alabaga erishishga muvaffaq bo'ldik.

- Bugun "Andijon"ga ochko juda zarur edi. Kubok o'yini bilan bugungi o'yinni taqqoslasak, katta farq sezilmadi. Lekin bugun raqiblarimiz kubokka nisbatan yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ular g'alaba qozonishdi bizdan ko'ra ko'proq xohlashdi. "Andijon" bugungi o'yinga ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi. Ularda ham bir qancha imkoniyatlar bo'ldi. Bu imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin edi. Bugun "Andijon" jamoasida ishtiyoq baland edi.

- Biz mavsum boshida Allaniyazovga ko'p imkoniyat berdik. Asosiy tarkibda ham o'yinlarda ishtirok etdi. Hujumchini asosiy vazifasi gol urishdan iborat. "So'g'diyona" bilan o'yinda hujumchimiz qizil kartochka olib, keyingi 2 ta turni o'tkazib yubordi. Allaniyazovning hozirgi holati bizni tashvishga solyapti. U o'tgan yilgi sermahsullikni ko'rsata olmayapti. Bugun o'zlaring guvohi bo'ldinglar, 3 metr masofadan to'p kirita olmadi. Bu menimcha ruhiyat bilan bog'liq. Uni o'zidagi ishonchi ozgina yo'qolgan. Men o'ylaymanki, bu o'tkinchi holat. Tezda o'z o'yiniga qaytishiga ishonaman.

- Biz kubok uchrashuviga mag'lubiyatga uchrash uchun kelmaymiz. Bizni oldimizda eng muhim uchrashuvlardan biri turibdi. Lekin bu degani kubokka etibor qaratmaymiz degani emas. Kubokdagi o'yinda jamoamizdagi o'yin amaliyoti kamroq bo'lgan o'yinchilarga imkoniyat beramiz.

Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика