Ro'ziqul Berdiev: "Qo'qon-1912" ancha kurashuvchan jamoa ekanligini bilardik"
17 may 23:38
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Qo'qon-1912" ancha kurashuvchan jamoa ekanligini bilardik"
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz bugun yaxshi shakllangan jamoani mag'lubiyatga uchratdik. "Qo'qon-1912" ancha kurashuvchan jamoa ekanligini bilar edik va shu sababli jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqibimiz asosan uzun paslar orqali harakatlanadi. Biz hisobni nazorat qila oldik. Futbolchilarning mahorati ham namoyon bo'ldi", - deya aytib o'tdi Ro'ziqul Berdiev.
- Rubin Xebay jamoaga to'liq qo'shilib keta olmayotgandek. Bunga sabab nimada?
- Xebay ko'p jarohat oldi. Rubin o'yinga qo'shilib keta olmagani sababli ikkinchi bo'limda Norchaevni maydonga tushirdik. Shu orqali hujumdagi keskinlikni oshirdik.
- Sherzod Nasrullaev qachon maydonga qaytadi?
- U hozir betob. Umid qilamizki, u keyingi o'yinlarda ishtirok eta oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar