So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  1 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Ro'ziqul Berdiev: "Natija o'yinga mos bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Natija o'yinga mos bo'ldi"

"Nasaf"-"Paxtakor" uchrashuvi yakunlangandan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
- Bugun eng muhim o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Futbolchilarimiz bu o'yindan ham ko'ra ko'proq keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgani ko'rinib turdi. SHuningdek, bugun yana o'yinchilarimizni yo'qotishni xoxlamadik. SHunday bo'lsada o'yin kurashlarga boy bo'ldi. Natija ham o'yinga mos bo'ldi. "Paxtakor" jamoasi juda yaxshi o'yinchilarga ega. Lekin bazi hollarda ortiqcha qo'pollik qilishi futbolchilarga xos emas. Men murabbiy sifatida o'yinchilarimni bunday qo'pollik qilishini xoxlamasdim.

- "Nasaf" so'nggi ikki o'yinda ham ikkichi bo'limda o'yin tizginini raqibga berib qo'ymoqda?
- "Lokomotiv" bilan o'yinda o'yinimiz chiqmadi. Lekin buning bir necha sabablari bor. Ketma ket o'yinchilarni yo'qotish keyingi o'yinlarga o'zining salbiy tasirini ko'rsatadi. Yosh jamoamizdan har doim ham bir xil tempdagi o'yinni kutish noto'g'ri. Har bir jamoada bo'ladigan holat bu.

- Jarohatlangan futbolchilarni o'rnini qanday to'ldirmoqchisiz? Jamoani kubok finaliga qanday tayyorlaysiz?
- Asosiy himoyachimizdan ikkinchi bo'limda ayrildik. Jarohatlangan o'yinchilarni o'rnini kubok finaligacha to'ldirishga harakat qilamiz. "Nasaf" tarixida uch marta kubok finalida mag'lubiyatga uchragan. Bu safar futbolchilar finalni yutishni muxlislardan ham ko'proq xoxlashmoqda. Jarohat olgan futbolchilardan SHuhrat Muhammadiev hamda Ilhom SHomurodov maydonga tushishi mumkin. SHohruh Gadoev esa qatnasha olmaydi.

- Maqsud Karimovning qizil olgan vaziyatdagi harakatini qanday baholaysiz?
- Men ochig'i u vaziyatdan uzoqroqda edim. Men hakamga etiroz bildirish yoki o'yin davomida raqib bilan tortishmaslikni tayinlagandim.

- Siz muammolar to'g'risida gapirdingiz? Asosiy muammo jarohatlardami yoki boshqa muammolar ham bormi?
-  Asosiy muammo jarohat olgan futbolchilar. Biz 10 yilga tatiydigan jamoani tuzishga erishdik. Yoshlarga ko'proq ishonch bildiryapmiz. Mening o'rnimda kimdir ishlasa ham tayyor jamoa shakllangan. Bundan oldin qaysi bir murabbiy yosh futbolchilarga imkoniyat bergan edi!?

Muxlislardan shuni iltimos qilardimki, kubok finali qaerda bo'lishidan qatiy nazar, stadionni to'ldirib bizga dalda bo'lishsa. SHunda biz ham finalni haqiqiy bayramga aylantirishga harakat qilamiz!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика