So’nggi yangiliklar

20:05Ислом Исмоилов: "Финалларда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади"  0 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  9 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  8 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  12 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  9 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  6 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ning homiysi - butun Qashqadaryo" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ning homiysi - butun Qashqadaryo"

Superliga 1-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


- O'yin haqida fikringiz?

- Og'ir o'yin, lekin yoqimli g'alaba bo'ldi. "Xorazm" bilan o'tgan yil ham qiynalib o'ynagandik. Bugun ko'plab vaziyatlar yarata oldik. Agar maydon holati yaxshiroq bo'lganida, yanada chiroyli o'yin ko'rsatgan bo'lardik.

- Denis Shalaning harakatlari haqida fikringiz?

- Shala bugun ko'p mehnat qildi va o'z mehnatiga yarasha mukofot oldi. Gol urib jamoamizga g'alaba keltirdi. Gol urilgan vaziyatda to'pni yo'qotib, keyin yana qaytarib oldi, boshqaga uzatmay o'zi zarba yo'lladi va hammasini o'zi amalga oshirdi.

- Mavsum avvalida "Nasaf"dagi moliyaviy holat, klub homiysi kim bo'lishi haqida ko'p savollar yangradi. Bugun ko'rdikki, jamoa o'z titul homiysiga ega bo'libdi.

- Shuni aytishim mumkin, "Nasaf"ning homiysi - butun Qashqadaryo. Qashqadaryoning imkoniyatlari juda yuqori. Bugun viloyatimiz hokimi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va bu uchrashuv hammada iliq taassurot qoldirdi. Viloyat hokimi Murotjon Berdialievichning gaplari futbolchilar ruhiyatini ko'tardi. Bu juda muhim hisoblanadi. U kishining "Nasaf" har doim etiborimizda bo'ladi, hech narsani o'ylamay bemalol kurash olib boringlar deb aytgani yigitlarga katta turtki berdi.

- Birinchi bo'limdagi uchta vaziyatda Oybek Rustamov o'z vaqtida to'pni sheriklariga uzatmadi. 

- Xato hammada bo'lib turibdi. Balki Oybek texnik xatolarga yo'l qo'ygandir, lekin ko'p mehnat qilib jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shdi. 

- Atayin pas bermagandek ko'rindi.

- Men bu fikrdan umuman yiroqman. Hech kim noto'g'ri pas berish haqida o'ylamaydi. Atayin pas bermaslik o'z jamoasiga qarshi o'ynash hisoblanadi. Oybek aslo bunday harakat qilmaydi.



- Abduvohid Nematovni "Nasaf" boshqa klubga taklif etgani haqida eshitdik. Bu qanchalik rost?

- Nafaqat Abduvohid, balki boshqa futbolchilarimizga ham tayyor shartnoma bor edi. Agar moliyaviy holat ijobiy tomonga o'zgarmasa, o'zimiz etakchi o'yinchilardan voz kechishga majbur bo'lardik. Alashmasam, 8-9 nafar futbolchimizga taklif bor edi. Taklif bilan chiqqan murabbiylar va klublar bo'ldi. Lekin hammasi yaxshi yakun topdi va o'zimiz xohlagan futbolchilarni olib qoldik.

- Oxirgi paytlarda "Nasaf" o'z tarbiyalanuvchilarini osongina qo'ib yuboryapti. Bu erda qandaydir muammo bormi?

- Futbolchi jamoada qolish-qolmasligini murabbiy hal qilmaydi. Chunki futbolchining klub bilan shartnomasi bo'ladi. Jamoamizni tark etganlar o'z xohishiga ko'ra, shu yo'lni tanlashdi. Biz 4-5 yillik shartnoma taklif qiladigan holatda emasmiz. Asosan bir yilga shartnoma taklif qilamiz. Shu bois bir yildan keyin aksar futbolchilar ketishni xohlab qoladi.

- Legionerlardan voz kechamiz deb o'tgan yil aytgan edingiz. Bugun Shala o'zini ko'rsatgan bo'lsa, yana ikki nafar xorijlik deyarli o'ynamadi. Rejangizda ularni ham o'ynatish bormi?

- Legionerlarimiz shartnomasi yozgacha. Biz ularga taklif bo'lsa klub qo'yib yuborishini bildirdik. Ammo taklif bo'lavermagach, ularning o'zi shu erda qolib jamoaga yordam berish istagini malum qilishdi.

- Akmal Mozgovoyni chaqirib ko'rdingizmi?

- Akmal eng avvalo "Nasaf" taklifini kutdi. Lekin moliyaviy holatimiz yaxshi emasdi va futbolchiga taklif yubora olmadik. Shundan so'ng "Paxtakor" variantini tanladi.

- Demak, keyinchalik qaytishi mumkinmi?

- O'z tarbiyalanuvchilarimizga har doim eshigimiz ochiq.

-  "Nasaf" shu tarkib bilan kuchli uchlikka kira oladimi?

- Bir gapni aytishim mumkin, biz haliyam yaxshi tarkibga egamiz. Yoshlarning shijoatini ko'rib turibmiz. Nasib qilsa, mavsum davomida o'zinimizni ko'rsatamiz. Nafaqat uchinchi o'rin, chempionlikka ham harakat qilamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

+4   
02 mar 05:25:30
Bexzodbek Xoldarov
Matnda imlo xatolar juda kop bolibdi.
Nasafga omad yoshlarni olib chiqing.
Andijon muxlisi.
+4   
01 mar 22:50:09
Sayfuddinovich86
NASAF --- CHEMPION !!!
+3   
02 mar 05:52:48
Sodiq Nazarov
Farid foydalanuvchining fikriga javob berish
Qashqadaryo chempioni ! Undan ko'piga kuchi yetmasa kerak endi. Xali oldinda Paxtakor, Neftchi, Navbaxor , Andijon, Dinamolar turibdi. Birin ketin qoqiladi chempioniz. Xozirgi futbolda xamma narsani pul xal qiladi. Gapim achchiq tuyular ammo bu ayni xaqiqat ! Bir vaqtlar o'ta barqaror jamoa endi og'ir axvolda afsuski. Xali bu boshlanishi kop extimol yozda vaziyat yanada og'irlashadi
Оддий мухлис сифатида ўз жамоасини қўллаб қувватлаяпти қўрқиб кетганингиздан нималар деб алахсираяпсиз сиз шунчалик кучли экспертмисиз ёки олдиндан кўра биладиган фолбинмисиз Насафни тақдирини 2 оғиз сўз билан ҳал қилиб қўйаяпсиз сиз санаб ўтган ўша водий жамоаларини кўп кўрганмиз мавсум бошида ура ура қилиб 2-даврада пулсиз қолиб кетади. Насаф аввал ҳам молиявий кризисдан чиқиб кетган худо ҳохласа бу сафар хам уддалайди
+1   
02 mar 09:44:42
Шухрат Эргашев
Яна ёзаман, Бердиев утган йилги хатолардан тугри хулоса қикарган деб уйлайман, худо хохласа Насаф бу йил хам аввалги мавсумлар сингари мазмунли, мухлислар боп уйинлар қилади. Насафни томири сувга етган, қўрқмаймиз. Чопиб ташласа яна ўниб чиқаверади...
+1   
01 mar 23:59:28
sssrni sarqiti
Hech kim abadiymas. Berdiev ham vaqti-soati kelganda ketadi. Lekin hozir u inson Nasafga kerak. Berdiev ko'proq krizis managerga o'xshaydi, ya'ni yo'qdan yo'ndirib yoshlar bilan maksimal natija qilib bera oladi
   
02 mar 17:18:57
ArsaBarsa
Farid foydalanuvchining fikriga javob berish
Siz manga prikaz bermen og'ayni xar kim firklash xuquqiga ega. O'zim juda yaxshi bilaman nima yozishni. Kimnidur xaqorat qilganim yo'q. Telegramda insayd xabarlar bor shularni o'qib borsez bilasiz gap nima xaqiqa ekanligini. Man xam achinaman shunday Terma jamoalar uchun taminot bo'ladigan jamoada vaziyat yomonligiga. Bu faqat Qashqadaryo uchun emas butun O'zbek futboli uchun minus xolat. Pul bo'masa chempion bo'la olmaydi bu 100 % aniq. Avvalgi yilllari 160 170 millar som smeta bilan yurgan jamoangiz endi 20-30 millard bilan kurashishga majbur. O'z o'zidan malumki katta smeta qisqargan sari kuchli futbolchilarni xam qo'yib yuborishga majbur bo'ladi jamoalar. Tabiyki bunda jamoada vaziyat og'irlashadi
Hammasini vaqt ko'rsatadi
   
02 mar 13:13:36
Акмал Аляров
Жуда савиясиз савол Насаф шу таркиб билан кучли учликка кироладими?
Бу таркиб деярли миллий жамоа ёки номзодларку
   
02 mar 12:53:47
Farid
ArsaBarsa foydalanuvchining fikriga javob berish
Vaziyat og'irlashadi deb siz qayerdan bilasiz? O'zizni jamoangizga omad tilang qolganlarn bilan ishiz bo'lmasin. Pul bilan chempionlikni ololmay yurganlar bor.
Siz manga prikaz bermen og'ayni xar kim firklash xuquqiga ega. O'zim juda yaxshi bilaman nima yozishni. Kimnidur xaqorat qilganim yo'q. Telegramda insayd xabarlar bor shularni o'qib borsez bilasiz gap nima xaqiqa ekanligini. Man xam achinaman shunday Terma jamoalar uchun taminot bo'ladigan jamoada vaziyat yomonligiga. Bu faqat Qashqadaryo uchun emas butun O'zbek futboli uchun minus xolat. Pul bo'masa chempion bo'la olmaydi bu 100 % aniq. Avvalgi yilllari 160 170 millar som smeta bilan yurgan jamoangiz endi 20-30 millard bilan kurashishga majbur. O'z o'zidan malumki katta smeta qisqargan sari kuchli futbolchilarni xam qo'yib yuborishga majbur bo'ladi jamoalar. Tabiyki bunda jamoada vaziyat og'irlashadi
   
02 mar 10:45:35
ArsaBarsa
Farid foydalanuvchining fikriga javob berish
Xa Sodiqboy Achishyaptimi ? Bu sezon xali ko'p achishadi. Pulsiz xech bir jamoa rezultat qila olmasligini bog'cha bolasi xam biladi. Bunga sal ko'zni katta ochib qarash kifoya. Sizga maslaxatim pojarni oldiga ko'chib boring. Chunki sizga ko'p kerak bo'ladiyov bu sezon ))) xafa bo'lmang yana a ? Afsus yaxshi jamoa edi ommachi
Vaziyat og'irlashadi deb siz qayerdan bilasiz? O'zizni jamoangizga omad tilang qolganlarn bilan ishiz bo'lmasin. Pul bilan chempionlikni ololmay yurganlar bor.
   
02 mar 10:45:16
ArsaBarsa
JAHONGIR-707 foydalanuvchining fikriga javob berish
Насафда ҳалиям таркиб ёмонмас, лекин тактика нол. Ҳаракат бор, лекин ўйинда мазмун йўқ. Бу кўпроқ Рўзиқул акамни чарчаганидан дарак.
Siz ham tushuningda himoyalanib olgan jamoaga qarshi o'ynash qiyinda. Pep ham yengolmagan ko'pincha. Mana Paxtakor ham o'sha kuni gol urib olgunicha qancha qiynaldi shunday tarkib bilan.
   
02 mar 10:41:58
ArsaBarsa
Mana shunday bo'lishi kerak. Vazifa qo'yilmagan degan gaplarni gapirmasdan chempionlikka kurashamiz deb muxlislarni, futbolchilarni ham tayyorlash kerak. Nasaf oxirgi yillarda shu darajaga keldi endi muxlislari yuqori o'rinlarni ko'zlaydi. Professional bo'lish kerak.
   
02 mar 10:08:26
uzb
Яна бир гап,тез уйнаш билан бирга дарвозага туғри зарба бериши хам купро машқ қилдиринг,насафи боллари 5 метр масофадан хам нуқул тупни осмонга қаратиб тепишларини куп кузатябмиз,туп бировга тегиб қайтсаям сал пастродан тепиши ургатинг болларезга,қайсидир топ жамоани машгулотларини ТВда курсатишган эди,машгулотда пастга баскетбол саватчасини қуйишган,футболчилар малум масофадан тупни шу саватчага тушириши машқ қилишаётгани курсатишганди,мана бундай машгулотлар утказсангиз болла дарвозага тугри зарба бериш билан биргаликда бир бирига точне пас бериши хам қойилаташадида,хулос хали урганишимиз керак булган жихатлар дахуядан куп урто Бердиев,футболни хамма сир асрорини биламан десаез хато қиласиз,изланишда давом этинг
   
02 mar 09:49:12
uzb
Урто Бердиев,болларез орқага камо пас беришсин,олдинда очиқ турган жамоадоши булсаям энг осон йули орқага туп оширил деб орқага пас бериб рақибни химояда янада зичлашиб олишига замин яратиб бериб узларини қийин ахволга солиб қуйишябди болларез,сиз хам биз каби хозирги замонавий футболни куриб келясизку,қолаверса Элет лигада рақибларези хужимгда қандай тез уйнашларини курдезу,улар рақиб жарима майдончасига туп билан яқинлашганида Насафга ухшаб сустлашиб қолишмайди на оборот яшин тезлигида тез харакаталари билан химоячиларни шошириб қуйиб химоячиларни хато қилишга мажбур қилишларини курдезку урто Бердиев,нимага бизи Насаф имено рақиб жарима майдончаси атрофига яқинлашиши билан темпни тушириб сустлашиб рақиб химоячиларини бемалол химояланишига қуйиб беришади,бу услибездан воз кечинг,сизни бу услибиез болларни қийнаб ортиқча куч юқотишига олиб келябди,хужимда тез уйнашни уқтиринг,иложи борича туп 1 секунд хам бир жойда туриб қолмаслигини болларезга уқтиринг и Бобурга ухшаган хужимчиларез майдонда хаёл суриб юришмасин,тупдан хам тезро харакатда булишса улар гол урадида,бумаса юровуради мудроқ босиб юрган одамдек уйқисираб
   
02 mar 06:21:23
Farid
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Оддий мухлис сифатида ўз жамоасини қўллаб қувватлаяпти қўрқиб кетганингиздан нималар деб алахсираяпсиз сиз шунчалик кучли экспертмисиз ёки олдиндан кўра биладиган фолбинмисиз Насафни тақдирини 2 оғиз сўз билан ҳал қилиб қўйаяпсиз сиз санаб ўтган ўша водий жамоаларини кўп кўрганмиз мавсум бошида ура ура қилиб 2-даврада пулсиз қолиб кетади. Насаф аввал ҳам молиявий кризисдан чиқиб кетган худо ҳохласа бу сафар хам уддалайди
Xa Sodiqboy Achishyaptimi ? Bu sezon xali ko'p achishadi. Pulsiz xech bir jamoa rezultat qila olmasligini bog'cha bolasi xam biladi. Bunga sal ko'zni katta ochib qarash kifoya. Sizga maslaxatim pojarni oldiga ko'chib boring. Chunki sizga ko'p kerak bo'ladiyov bu sezon ))) xafa bo'lmang yana a ? Afsus yaxshi jamoa edi ommachi
   
02 mar 05:44:34
Sodiq Nazarov
Abdimurot Bakiev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ха ман хам сизнни фикрингизга кушиламан, тактикка нол бир хил уйинн. Уткан йилгидан озгинна узгариш бор лекин у оз . Бир аолипда колип кетгандек Насаф
Заҳирада вариантлар кам асосий таркиб футболчилари шу 11 талик. Бунақа ҳолатда мураббийлар эконом режимни танлашади, ортиқча кескин ҳаракатлар керак эмас
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика