So’nggi yangiliklar

16:51Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:35Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  3 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  9 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  15 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0

Ro'ziqul Berdiev: "Eshmurodov "Nasaf" sardori emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Eshmurodov "Nasaf" sardori emas"

Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
O'yin og'ir kechdi, chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o'ynashda qiynalyapmiz, mana ikkinchi o'yinda ham shuday bo'ldi. Hujum chizig'imiz juda faol o'yanashi kerak, lekin ular bugun maydonda ko'rinmadi. Bugun 4 hujumchimiz o'ynagan bo'lsa, birortasi raqib darvozasiga zarba bermadi, bunday o'yin bilan albatta, g'alaba qozonish qiyin. Bundan tashqari, "Mashal" besh himoyachi bilan o'ynagan holda yaxshi himoyalandi. Ko'p imkoniyat yaratishga bizga imkon bermadi, ular qarshi hujumlarga ham o'tib turdi.

Karantin hamma jamoaga salbiy tasir qildi. Murabbiy sifatida bunga qanday rejalarni tuzgansiz?

3 oylik tanaffus - bu juda ham katta tanaffus. Albatta, individual mashg'ulotlar bilan futbolchilarning potencialini namoyish etish qiyin. Hozir hamma jamoaning oldida bitta yo'l bor - o'yin orqali jismoniy tayyorgarlikni yo'lga qo'yish yoki jamoaviy o'yinini joriy qilish. Ko'p futbolchilar o'z darajasini ko'rsata olishmayapti. Mana ikkinchi o'yindirki, Kenjaboev yoki Bozorovlar o'z darajasida o'ynay olishmayapti.

O'tgan turda Umar Eshmurodov "Nasaf" sardori edi, bugun esa sardorlik bog'ichi Dilshod Rahmatullaevga topshirildi. O'zgartirish penaltini aniq amalga oshira olmagani bilan bog'liqmi yoki boshqa sabab bormi?

Agar mavsum boshida etibor bergan bo'lsangiz, bizning sardorimiz - Dilshod Rahmatullaev. Unga sardorlikni berganimiz sababi, jamoamizdagi eng tajribali va yoshi katta futbolchilarimizdan biri sanaladi. O'tgan gal Dilshod Rahmatullaevning jarohati borligi sababli Umar Eshmurodov sardor sifatida jamoani maydonga boshlab chiqqandi.

Maydonning holati haqida nima deya olasiz?

Bizga maydon bilan bog'liq holat malum edi, shu boisdan kecha bu erga kelib mashg'ulot o'tkazdik. Muborakda har doim yaxshi maydon bo'lardi, hozirgi holati esa yaxshi emas. Buni mezbon jamoa vakillari ham biladi. Maysaning balandligi va maydon notekisligi, balki o'yinlar mazmunli o'tishiga tasir ko'rsatayotgandir. Muborakdagi maydon talab darajasida emas, bunga mana bugun guvoh bo'ldik.

Doniyor Narzullaevning natijalari yaxshi, mana bugun ham yaxshi o'ynadi. Uni ortga qaytarish rejangizda bormi?

Albatta, o'sishda davom etsa, bundan xursandmiz. Lekin uning ketishi o'z xohishiga ko'ra bo'lgandi. O'zi mening oldimga kelib, shuni so'ragandi. Uning oldida "Bunyodkor" va "Metallurg"dan taklif bor edi, u "Metallurg"ni tanladi. Uning hozirgi o'yinlaridan xursandmiz, balki o'sishda davom etaversa, yana ortga qaytararmiz.

"Mashal" va "Navbahor" bilan o'yin durang bilan tugadi. Jamoalar o'rtasidagi tafovut haqida aytib o'tsangiz.

Har ikkala jamoa bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatdi, lekin "Navbahor"ning saviyasi va darajasi "Mashal"nikidan yuqoriroq. Lekin men "Navbahor"dan bunchalik himoyaviy o'yinni kutmagandim. "Mashal”ning o'tgan o'yinlarini ko'rib chiqqandik, jamoa juda tartibli o'ynaydi, ammo hech bir o'yinda 5 ta himoyachi bilan o'ynamagandi. Bugun himoyaviy tarzda va qarshi hujumda o'ynadi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика