So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Men uchun tarixiy g'alaba bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Men uchun tarixiy g'alaba bo'ldi"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev uchun tarixiy o'yinga aylangan uchrashuvdan keyin "ajdarlar" ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Barcha muxlislarni tabriklayman. Mavsum davomida bizni qo'llab-quvvatlagan barcha ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi.

Tanaffusdan keyin esa o'yin to'liqligicha bizning ustunligimiz ostida o'tdi.
Raqibimiz ancha jiddiy edi. Ammo bizda, umuman muxlislarimizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq juda kuchli edi. SHu boisdan ham tablodagi hisob yiriklashib ketdi.

Yirik g'alabani kutganmidim? Aytib o'tdim, raqib ancha jiddiy edi. SHu boisdan ham o'yindan avval yirik g'alabani kutmagandim. Qaysidir manoda, bugun omadimiz ham keldi. Yaratilgan vaziyatlarni barchasini golga aylantira oldik.

Islom Kenjaboevni nega ikkinchi bo'limda tushirdim? Bu oldindan o'ylangan reja edi. Biz "Paxtakor" jamoasini charchashini, tavakkal qilib oldinga o'tishlarini kutgan edik. SHu boisdan ham bu o'zgarishni ikkinchi bo'limga tayyorlab qo'ygandik. "Paxtakor" yutqazib turganda hujumga o'tib ketishini bilardik. Bu esa yakunda to'g'ri qaror bo'lib chiqdi.

"Navbahor" bilan o'yinda ham albatta g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bu uchrashuvda etakchi va tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanmaymiz, aksincha yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz.
Etakchi futbolchilarimizga esa bugungi bahsdan keyin tatil berdik.

"Nasaf"ning kelajagi? Bu haqida o'ylashimiz kerak. OCHLda, kelasi mavsumda chempionatda munosib o'ynashni istasak, jamoamiz etakchilarini jamoada olib qolishimiz kerak. Qo'shimchasiga, jamoamizga kuchli va tajribali futbolchilarni taklif qilishimiz kerak.

Bu borada rahbariyat bilan gaplashamiz. Bu juda muhim masala.
Keyingi tayyorgarlik shu ishlardan boshlanadi.
Ko'plab futbolchilarni kuzatib boryapmiz. Yoshlar tarkibidan, birinchi liga jamoamiz safidagi iqtidorli futbolchilarni kuzatib borishda davom etyapmiz.

Quvvatovga raqobatchi? Agarda yosh va iqtidorli darvozabon bo'lsa, taklif etishimiz mumkin. Ammo tajribali darvozabon sifatida Quvvatovni o'yinlari bizlarni qoniqtirmoqda. Unga raqobat ham etarli. Umid Ergashev ham o'z imkoniyatini kutmoqda. Biz unga ham imkoniyat beramiz.

"Nasaf"ning kelasi mavsum rejalari "Navbahor" bilan o'yindan keyin tuziladi.

OCHLda o'ynash uchun yaxshi salohiyatga ega futbolchilar zarur. Bu albatta jiddiy masala. OCHLda qatnashadigan bo'lsak, bizga ikkita bir xil tarkib kerak bo'ladi. CHunki ikki frontda yaxshi ishtirok uchun ikkita teng kuchli tarkib lozim bo'ladi. Bizni o'z qo'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarimiz bor. Hozircha ularni nomini aytishga erta.

Bugungi g'alaba men uchun tarixiy bo'ldi. Darhaqiqat, men futbolga kirib kelganimdan keyin ilk bor murabbiy sifatida kumush medalini qo'lga kiritdim. Avvalgilarini esa yordamchi sifatida yutgandim. SHu boisdan ham ushbu g'alaba men uchun tarixiy ahamiyatga ega. Bu men uchun katta yutuq. Bundan albatta juda xursandman.

O'yindan oldin meni nima qiynagandi? Bosim?

Yo'q, hech qanday bosim bo'lgani yo'q. Tashqari tarafdan ham, ichkaridan ham umuman bosim bo'lmadi.

Bugungi o'yinni qiymati shu darajada yuqori bo'lib ketgani tufayli, men faqatgina bir narsadan qo'rqqandim.

Bu kabi ajiotaj futbolchilarga ruhiy taraflama ortiqcha bosim yuklamasin, deya xavfsiragandim. Lekin hozirgi kunga kelib bizning jamoamizning tayyorgarligi "Paxtakor"dan ko'ra yaxshiroq. Agarda bosim bo'lganida, futbolchilarimiz bu kabi yorqin va erkin harakat qila olishmasdi. Va tabiiyki bu g'alabaga erisha olmasdik. Meni cho'chitgan narsa faqat shu edi.

Lekin bizning tayyorgarligimiz "Paxtakor"ga nisbatan yaxshiroq edi. Buni amalda ham isbotladik.

Arveladze va "Paxtakor" klubiga tabrig uchun rahmat. "Paxtakor" jamoasi endi shakllanish bosqichida. O'ylaymanki, kelasi mavsumda jamoa yanada kuchliroq bo'ladi.

Joriy mavsumda Oliy ligada yarq etib ko'zga ko'ringan futbolchi? Ancha o'ylantiradigan savol. Buni ancha chuqurroq o'ylab ko'rish kerak. Bilasizlarmi, terma jamoa BAAga o'yindan avval meni bir narsa ko'p o'ylantirdi. Bu hujumchi topish masalasi. Biz Bikmaevga ko'proq etibor qilgandik. Keyin esa uning oldiga yoshroq hujumchini izlab ko'rdim.

SHuni aytish kerakki, hozirgi kunda bizda yaxshi hujumchi topish haqiqatda muammo ekan.
SHu uchun juda yarq etib porlab chiqadigan hujumchilarimiz yo'q.

O'zimni jamoamga keladigan bo'lsam, Bobir Abdixoliqov bu mavsumda bugun 9-golini kiritdi. Bir tomondan yaxshi natija. Ammo bundan ham yaxshi o'ynasa bo'ladi. Abdixoliqov hali ko'p mehnat qilishi lozim.

Bu savol ancha qiyin. Uzoq o'ylantiradigan savol bo'ldi. Hozir bir futbolchini ajratib ko'rsatishim qiyin.
Yarq etib porlab chiqqan futbolchi ko'rinmadi.

Ushbu mavsumda bizda Bobir Abdixoliqov, Islom Kenjaboev yaxshi o'ynadi. Jamoamizga ko'p naf keltirdi. Aziz G'aniev ham etakchilar qatoriga kirdi.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика