So’nggi yangiliklar

19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  4 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  27 19:15"Қизилқум" — "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  8 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  25 18:36"Мальорка" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  15 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  6 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19

Ro'ziqul Berdiev: "Kubokda imkoniyatimiz bor ekan nima uchun kurashmasligimiz kerak. Norchaev bu yil uchta medalni qo'lga kiritdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kubokda imkoniyatimiz bor ekan nima uchun kurashmasligimiz kerak. Norchaev bu yil uchta medalni qo'lga kiritdi"

Superliga 26-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv"(0:0) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoamiz va qashqadaryolik muxlislar uchun joriy mavsum omadli keldi. Kumush medalni qo'lga kiritdik. Bu oson bo'lgani yo'q. "Nasaf" uchun bu katta yutuq hisoblanadi. Bilasizlar jamoamiz yosh tarkibga ega. Bugun ikki jamoa ham futbol o'ynashga harakat qildi. Gol bo'lmagan bo'lsada muxlislar o'yindan qoniqish hosil qildi deb o'ylayman. Bugun bazi bir o'yinchilarga dam berishga qaror qildik. CHunki oldinda kubok bahslari bor. Yosh futbolchilarimizda hayajon bo'ldi. O'ylaymanki shunday o'yinlar orqali ular tajriba to'plab borishadi",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Birinchi davrada markazlashgan holda o'tgan chempionatda "Lokomotiv" yirik hisobda mag'lub etilgandi...

- U payt "Lokomotiv"da vaziyat umuman boshqacha edi. O'shanda bizdan oldin ular "Paxtakor"ga 0:7 hisobida mag'lub bo'lgandi. Jamoa ruhan va jismonan tayyor emasdi. Murabbiylar o'zgarishi jamoa o'yinini mazmunli ko'rinish olishiga sabab bo'ldi. Buni hisob va natijalardan ham bilish mumkin. Raqib tarkibida ham tajribali va yosh ijrochilar bor. Ikki jamoani ham bugungi natija qoniqtirdi. 

- Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilarni dastlabki daqiqalardan maydonga tushirganingizda natija boshqacha bo'lishi mumkinmidi?

- Aytganimdek kubok bahslarini o'yladik. SHu bois dam olish imkonini berdik. Mavsum davomida deyarli bir xil tarkibda o'ynaganimizni inobatga ham olish lozim. "Lokomotiv"ning himoyada zich o'ynashini bilganimiz uchun ko'proq uzun paslar bilan harakat qildik deya olaman. Qisqa paslar bilan markazdan yorib o'tish qiyin bo'lardi. Oxirgi pasni berishda futbolchilar shoshib qoldi.

-  "Nasaf" asosiy tarkibida akademiyadan nechchi nafar yosh futbolchi debyut qildi?

- Buni sanash bilan shug'ullunmayman. Lekin ko'pchilik debyut qildi. Bugun darvozabon boshlang'ich tarkibda ilk bor o'ynadi. Harakatlari yomon bo'lmadi. Menimcha 7-8 nafar futbolchi debyut qildi. Soniga emas sifatiga qaraysiz. Husayn Norchaev haqida bir narsani aytish kerak, u bu yil uchta medalga ega chiqdi. U-18 jamoasi bilan oltin, U-21 bilan bronza va asosiy jamoa bilan kumush medallarini qo'lga kiritdi. Yosh futbolchi asosiy tarkibda 3ta gol urdi. Bundan ham yaxshiroq o'ynashi kerak. CHunki u boshqa o'yinchilarga qaraganda ko'proq imkoniyat oldi. 

- O'zbekiston kubogida ham oliy maqsad qo'yiladimi?

- Superligada barcha jamoalar bilan o'ynab chiqdik. Imkoniyatimiz bor ekan nima uchun kurashmasligimiz kerak. Albatta har bir o'yinda maksimal darajada harakat qilamiz. SHuni unutmasligimiz kerakki, kubok bitta o'yindan iborat bo'ladi. 

- Faysal Traore mavsumni deyarli "Nasaf"siz o'tkazdi. Uning kelajagi qanday? Jamoada qoladimi?

- Buni yig'inlarda ko'rib chiqamiz. Uni maydonga ko'p tushurmaganimiz sababi beli bilan bog'liq jarohati. Davolash bilan ko'p vaqtini o'tkazdi. Uni yosh futbolchi bo'lganligi uchun taklif qilganmiz. Jismoniy tayyorgarligi ham yaxshi. Agar jamoaga foyda beradigan darajaga chiqmasa ijaraga berish haqida ham o'ylab ko'ramiz. 

- Bu mavsumda jamoada qaysi chizig'ida muammo ko'ra oldingiz?

- Mavsum boshida yana bir qanot hujumchisiga ega chiqishni  istagandik. Hujum chizig'ida raqobatni kuchaytirganimizda yanada yaxshiroq bo'lardi. CHunki mavsum davomida bitta hujumchi Bobir Abdixoliqov, qanotlarda Oybek va Islom o'ynadi. 

- "Nasaf" xalqaro maydonga chiqsa legioner jalb qiladimi?

- Albatta. Xalqaro miqyosdagi turnirlarda o'ynaganingizdan keyin tajribali futbolchi kerak bo'ladi. Bizga bunday imkoniyat berilsa legioner hisobiga kuchaytirishni o'ylab ko'ramiz. Bu tarkib bilan xalqaro maydonda biroz qiynalamiz.

- Jamoa yangi mavsumdan nima kutmoqda? Selekciya borasida rejalar ishlab chiqildimi?

- Hozircha rejamiz imkon qadar jamoamiz o'zagini saqlab qolish. Hali mavsum tugamadi. Kubok bahslari bor. Pandemiya holati bo'lib tursa beshta o'zgarishni amalga oshirish saqlanib qolingani maqul. 



Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика