So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  6 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Kubok qo'lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo'lgan qiziqish pasayib qoldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kubok qo'lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo'lgan qiziqish pasayib qoldi"

Coca Cola Superligasi 26-turi doirasidagi "Olimpik" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.



- "Olimpik" bizdan yaxshiroq o'ynadi va g'alabaga erishdi. "Olimpik"ka qarshi ishtiyoqsiz futbol o'ynab bo'lmaydi.

- Birinchi bo'lim boshida "Paxtakor"dagi natijani futbolchilar bilishdimi?

- Zaxirada o'tirgan futbolchilar bazida natijadan boxabar bo'lib turishdi. Biz o'tgan o'yinlardayoq imkoniyatni qo'ldan chiqarib bo'lgandik, shu sababli yigitlarni o'yinga ruxan tayyorlash qiyin kechdi. Kubok qo'lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo'lgan qiziqish pasayib qoldi. Buni "Neftchi", "Dinamo"ga qarshi o'yinlarda ham barcha ko'rdi. SHu sababli ishtiyoqsiz maydonga chiqib futbol o'ynash juda og'ir deb aytdim. Buni biz o'yinlarda ko'rsatib qo'ydik.

- Mavsum haqida fikrlaringiz.

- Mavsumda biz uchun yoqimli onlar, g'alabalar ko'p bo'ldi. SHu boisdan mavsum yomon o'tmadi deya olaman. Uchta turnirda ishtirok etdik, ikkitasida kerakli natijani ko'lga kiritdik, chempionatda esa medallarga sazovor bo'ldik. Balki bu ham qoniqarlidir. Ammo futbolchilar, rahbariyat bilan gaplashganda muxlislarga chempionlikni taqdim qilishni juda ham istagandik. Afsuski biz o'ylagandek bo'lmadi.

- Mavsum yakunlanmasidan klub bir qancha futbolchilarini sotib yuborgani haqida eshitdik. "CHemodan kayfiyati"da yurgan futbolchilarning kayfiyati chempionlik uchun tasir qildimi?

- Bu haqida bilmadim. Menga hech kim malumot bergani yo'q. Transferlar bo'layotganini eshitdim, ammo aynan kimlar sotib yuborilganini eshitganim yo'q. Agar klub qarzlarni yopish yoki boshqa kamchiliklarni to'ldirmoqchi bo'lsa, sotib yuborishi mumkin. 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика