So’nggi yangiliklar

08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  1 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  54

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoa finalga tayyor" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoa finalga tayyor"

O'zbekiston kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Artur Gevorkyan ishtirok etdi.


"Final oldidan bosim haqida o'ylaganim yo'q. Finalga tayyorgarligimiz meyorida bo'ldi. Ertangi o'yinni qanchalik masuliyatli ekanligini tushunib turibmiz. Kubok finallari biz uchun omadsiz bo'lib kelmoqda. Biz ushbu yoqimsiz ananani buzishga harakat qilamiz. Jamoadagi hamma futbolchilar, murabbiylar shtabi, umuman barchamiz buni yaxshi tushunib turibdi. Ertaga bizdan muxlislarimiz faqat g'alabani kutishmoqda. Biz ularni xursand etish uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz. Raqib ham juda jiddiy jamoa. Ular ham o'z oldilariga yuksak maqsadlarni qo'yib kelishadi. Biz "Bunyodkor"ning barcha futbolchilarini chuqur o'rganib chiqdik. Jizzax xalqini esa final bilan tabriklayman. Finalni neytral maydonda o'tkazish bu juda to'g'ri ish bo'ldi deya olaman. Jizzaxda zamonaviy stadion barpo etilgan. Bugun bu erdagi sharoitlar bilan yaxshi tanishib chiqdik. Stadion chiroyli, maydon holati ham yaxshi darajada ekanligiga guvohi bo'ldim. Futbol bu muxlislar uchun bayram degani. Jizzaxda final chiroyli o'tadi deb o'ylayman. Ertaga ishqibozlar finalni bezab berishlariga shubha yo'q", - deya final oldidan o'z fikrlarini bildirdi Ro'ziqul Berdiev.

- "Nasaf" tarkib borasida ko'plab muammolarga ega ekanligini so'nggi intervyularingizda aytib o'tdingiz. Rotaciya qilishda sizda imkon yo'q. Artur Gevorkyan ham yaqinda o'z terma jamoasi safida ikkita o'yinni o'tkazib qaytib keldi. Ertaga jamoa to'rt taym o'ynashga tayyormi?

- To'g'ri, bizda bu borada muammolar bor. Men bu kabi savollarga umumiy mavsumni inobatga olib javob berganman. Lekin so'nggi kunlarda Hamza Karimov ham jarohatidan forig' bo'lib safga qaytdi va mashg'ulotlarni tikladi. Hozirgi kunda barcha safda va tarkibda yo'qotishlar yo'q. Biz ertaga to'rtta bo'limda o'ynashga ham tayyormiz va bu borada kerakli tayyorgarliklarni olib bordik. Agar vaziyat taqozo etsa, Hamza Karimov ertaga maydonga tushishga ham shay holatda. Artur Gevorkyan haqiqiy professional va uning tayyorgarligi joyida deb o'ylayman. Ichki chempionatda menda ham, futbolchilarimizda ham sovrin yo'q. SHu boisdan biz ertaga birinchi yirik g'alabamizni nishonlash uchun bor kuchimizni sarf etamiz. Final bitta o'yindan iborat. Bu bahsda kim yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'sha jamoa o'z maqsadiga etadi deb o'ylayman. Bizning vazifamiz ertaga muxlislarimizni xushnud etish.

- Ertaga "Nasaf"ga natija uchun juda muhim. Bundan kelib chiqsak, finalda "Nasaf" chiroyli o'yin ko'rsatadimi yoki faqat natija uchun harakat qiladimi?

- Natija har ikkala jamoa uchun ham juda muhim. Har ikkal jamoa ham ehtiyotkor bo'lib o'ynashadi. "Bunyodkor" bilan o'ynab shuni bildikki, bu jamoa bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. Finalga o'zimizning rejalarimiz bor va biz ertaga shulardan foydalanishga harakat qilamiz.



Artur Gevorkyan: Finalga jiddiy hozirlik ko'rdik. Barcha ertaga masuliyatli o'yin bo'lishini tushinib turibdi. Bizning vazifamiz maydonga tushib kerakli natijani qo'lga kiritish va muxlislarimizni xursand qilishdan iborat. Ertangi o'yinda g'alaba qozonish uchun barcha imkonitlarimizni ishga solamiz. "Bunyodkor" ham qanchalik kuchli va jiddiy raqib ekanligini bilamiz. Muxlislarimizning bizga bo'lgan ishonchi yuqori va biz endi klub muzeyiga uzoq kutilgan kubokni olib kelishimiz zarur. Finalda har doim yuqori ishtiyoq va kuchli motivaciya bo'ladi. Ertaga o'ylashimcha juda qiziqarli bahs bo'ladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика