So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Ro'ziqul Berdiev: "Final viloyatlardagi stadionda katta bayram sifatida o'tkazilsa yaxshi bo'lardi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Final viloyatlardagi stadionda katta bayram sifatida o'tkazilsa yaxshi bo'lardi"

Malumki 25 sentyabr kuni O'zbekiston Kubogi final o'yini bo'lib o'tadi. Bo'lajak bahsni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilishini PFL yaqinda malum qilgandi.
Lekin bu borada masala to'laligicha aniq bo'lib ulgurmagan ko'rinadi. Boisi keyingi yil OCHLda ishtirok etish huquqini beruvchi ushbu ahamiyati yuqori bo'lgan final o'yinini qashqadaryolik ko'plab muxlislar viloyatda, xususan Samarqanddagi "Dinamo" markaziy stadionida o'tkazilishini talab qilib, O'FFga yozma ravishda murojaat qilgan.

Aslida "Nasaf" azolari bunga nima deydi? Bu borada dastlab, bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievning fikrlari bilan qiziqdik.

- PFL mavsum boshida Kubok finaliga qaysi jamoa chiqishidan qatiy nazar, avvaldan stadion nomini reglamentda ko'rsatib o'tadi", - deydi Ro'ziqul Berdiev. "Bu yilgi final bahsi "Paxtakor" stadionida o'tishi kutilmoqda. Lekin bilishimcha, qashqadaryolik bir qator ishqibozlar PFLga bu borada yozma ravishda murojaat qilib, "Nasaf" - "Bunyodkor" bahsini Samarqandda yoki boshqa viloyatda o'tkazilishini so'rashgan.

- SHaxsan siz bunga qanday qaraysiz?

- Kubok finali ilgari asosan Toshkentda o'tkazilib kelingan. Menimcha viloyatdagi stadionlarda, minglab muxlislar qarshisida, katta bayram sifatida o'tkazilsa yanada qiziqarli bo'lardi. Muxlislar bunday ahamiyati yuqori bo'lgan o'yinlarni tribunasi to'lgan stadionlarda o'tishini juda juda xohlaydi. Baribir bu yilgi final o'yini, yana poytaxtda o'tkazilsa kerak. Sababi yil boshida reglamentda shunday deyilgandi. Ochig'i, 25 sentyabr kuni final qaerda o'tsa ham o'sha erda o'ynashga majburmiz. Buni O'FF qiladi.

- Final o'yiniga jamoangizning tayyorgarligi qanday ketmoqda?

- Hammasi reja asosida. Birgina muammo bu  oxirgi paytlarda futbolchilarimizning tez-tez jarohatga yo'liqayotganidir. Kubok bahsida ikkala jamoada ham imkoniyat teng.

- Final bahsidan oldin, "Nasaf"ni yana bir muhim o'yin kutib turibdi. Yani juma kuni o'z maydoninglarda "Paxtakor"ni qabul qilasizlar?

- Ha, chempionat taqvimiga ko'ra, ketma-ket uchta qiyin o'yinlarni o'tkazishga majbur bo'lmoqdamiz. Bundan oldin safarda "Lokomotiv" bilan o'ynagandik. Unga bir nechta jarohat tufayli yo'qotishlar bilan borgandik. SHu bois bu bizga jiddiy muammo keltirib chiqardi. "Paxtakor" bilan o'yinda ham SHoxruh Gadoev bilan SHuhrat Muhammadiev yordam bera olmaydi. Muhammadiev menimcha finalga qadar to'liq tayyor xolatga keladi. Ilhom SHomurodovning jarohati esa u qadar jiddiy emas.  

- "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin, futbolchilarni keyingi o'yinlarga tayyorlab borish oson bo'lmayotgandir?

- Albatta, mag'lubiyat hech kimga yoqmaydi. Lekin biz futbolchilar bilan suhbatlashdik va Toshkentda uchralgan mag'lubiyatni tezroq unitib, keyingi muhim uchrashuvlarga etibor qaratish kerakligini uqtirdik.

Jahongir Mirzo suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика