So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga mavsumning eng muhim o'yini bo'ladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga mavsumning eng muhim o'yini bo'ladi"

Bunyodkor hamda Nasaf jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi-2013 final uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Ro'ziqul Berdiev va Erkin Boydullaev ishtirok etishdi.
“Ertaga mavsumdagi eng muhim o'yinni o'tkazamiz. SHu paytgacha uch marta finaldan quruq qaytganmiz. Ertangi raqibimiz kuchli tarkibga ega jamoa hisoblanadi. Bu safar muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz”, - deydi Berdiev.

“Jamoamiz ertangi o'yinga 100 foiz tayyor”, - deydi Boydullaev.

- Jamoaning ruhiy tayyorgarligi qanday? “Paxtakor” bilan o'yinda jamoa yaxshi ko'rinmadi.

- O'yindan keyin yigitlar bilan gaplashdim. Oldimizda Kubok finali turgani uchun yigitlar o'zlarini ayab o'ynashdi. Qolaversa, jarohatlangan futbolchilar ham bo'ldi. Avvalgi bahslarni esdan chiqargan holda ertangi bellashuvga etibor beramiz.

- Aksar hollarda jamoa ikkinchi bo'limda o'yinni tashlab yuborayotgandek...

- Bu jismoniy holat bilan bog'liq emas. 120 daqiqa o'ynashga tayyormiz. Futbolda ruhiyat katta rol o'ynaydi. Lekin bo'dib o'tgan bahslarni ertangi o'yin bilan solishtira olmaymiz.

- Hamkasbingiz Gevorkyanga katta etibor qaratishini aytib o'tdi. Sizda boshqa reja bormi?

- Unday bo'lsa yana yaxshi (kuladi). Biz jamoaviy o'yin ko'rsatamiz Gevorkyandan tashqari yana bir nechta futbolchilarimiz bor va ulardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Bizda o'yin taqdirini hal qila oladigan boshqa futbolchilar ham bor. Lekin Gevorkyan haqida ilq fikr bildira olamiz. Bunday futbolchini hamma jamoa o'z tarkibida ko'rishni istaydi.

- Ertaga Kubok qo'lga kiritilsa nima qilasizlar?

- Banket (kuladi). Qashqadaryo ahli bu o'yinni yutishimizni juda istayapti.

- Diskvalifikaciya qilingan Maqsud Karimovning o'rnini qanday to'ldirmoqchisiz?

- Kerak bo'lsa uchta himoyachi bilan o'ynaymiz.

- Jarohatdan tuzalgan Kenja To'raevni tarkibda ko'ramizmi?

- Hozir u umumiy guruhda ishlayapti. Vaziyatga qarab maydonga tushishi mumkin.

- Bu yilgi ishingiz ancha yaxshi kechayapti...

Erkin Boydullaev: - Buning uchun ustozlarimga rahmat. Kumikov, Demyanenko, Bahrom Hakimov kabi murabbiylar qo'l ostida to'p surdim. Lekin hali o'z ustimda ko'p ishlashim kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика