So’nggi yangiliklar

13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5

Ro'ziqul Berdiev: "Davralar oralig'ida yangiliklar bo'ladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Davralar oralig'ida yangiliklar bo'ladi"

Oliy liganing 14-turi markaziy uchrashuvi "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


- Uchrashuv keskin kurashlar, teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limdagi yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi taymda esa birinchi golda himoyachilarimiz diqqatni yo'qotishdi. Umumiy o'yinni oladigan bo'lsak, bir qator vaziyatlar yarata oldik. Ammo ushbu vaziyatlardan foydalanish koefficienti bizga pand bermoqda. Kamchiliklarimiz ustida ish olib boramiz.

Biz himoyadagi bu kabi xatolarimizni takrorlamasligimiz kerak.

"Paxtakor"ning standart vaziyatlari xavfli bo'lishini bilardik va buni futbolchilarga takidlagandik. Ammo bugun birinchi golni aynan standart vaziyatidan keyin o'tkazib yubordik. Ikkinchi gol esa Karimovning individual mahorati evaziga kiritildi.

Ikkinchi davrada jamoa tarkibini kuchaytirishimiz kerak. Busiz iloji yo'q. CHunki jamoadagi yoshlar barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. Biz rahbariyatga ushbu masalani ko'taramiz. Hujum chizig'imizni kuchaytirishimiz zarur. Krasichni jamoaga qaytarish istagi bor. Davralar oralig'ida yangiliklar bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика