So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Ro'ziqul Berdiev: “Bugungi g'alabamizda muxlislarning hissasi katta bo'ldi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugungi g'alabamizda muxlislarning hissasi katta bo'ldi”

“Nasaf” – “Qo'qon-1912” (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro'ziqul BERDIEV ishtirok etdi.

-Bugungi g'alabada stadionimizga tashrif buyurgan muxlislarning katta hissalari bor. O'ylaymanki, biz bugun muxlislar bilan hamohang o'ynadik, bejizga  muxlislar o'n ikkinchi o'yinchi, deb aytishmaydi. Bugun bu ibora yana bir marta isbotlandi. O'yin ajoyib tarzda o'tdi. Bellashuvning qiymati ham yuqori edi. Qolaversa, muxlislar bugun ikkita kuchli jamoa ishtirokidagi o'yinga guvoh bo'lishdi. Birinchi bo'limda futbolchilarimizda biroz bosim va hayajon bo'ldi. Ular engil harakatlana olishmadi. Ikkinchi bo'limda gol ursakda, oradan ko'p o'tmay  o'zimiz gol o'tkazib yubordik. Yigitlar diqqatini biroz yo'qotib qo'yishdi. Lekin futbolchilarimiz hisob tenglashganda ham o'zlarida kuch va iroda topa olishdi. Ular stadionga tashrif  buyurgan muxlislar kutgan o'yinni va natijani qo'lga kiritishdi. Buning uchun ularga katta minnatdorchilik bildiraman.

Bahrom Abdurahimovni mana ikki yildan beri kuzatib kelayapsizlar, u mehnatkash va o'z ustida ko'proq ishlaydigan o'yinchilarimiz sirasiga kiradi. Uni keyingi paytda muxlislar yoqtirgan o'yinchilar qatoriga qo'shilganidan xursandmiz. Bahrom o'z imkoniyatini endi ko'proq ishga solayapti.

Nihoyat biz o'z stadionimizda o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldik. Buning uchun homiylarimizga, klubimiz rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiraman.  Biz uchun muxlislar ko'z o'ngida o'ynash yoqimli va doimo ijobiy natijalar uchun maydonga tushamiz.  Futbolda oldindan hamma narsani hal qilib qo'ydik, degan narsa yo'q. Ammo biz bugungi g'alabadan keyin yarim final sari zamin yarata oldik deb, o'ylayman.

Kenjaboev tezkor va individual harakat qila oladigan o'yinchi. Bugun bunga yana bir marta guvoh bo'ldik. Bundan men ham murabbiy sifatida xursandman

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика