So’nggi yangiliklar

19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   0 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  0 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  8 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  2 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  17 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  18 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.




- Natijadan qoniqmadik. O'yinni ko'rdinglar, bugun jamoamning holati yaxshi emasligi yaqqol ko'rindi. Balki bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. Ochko yo'qotdik. Aksariyat futbolchilar so'nggi pallada mashg'ulotlarda qatnashdi. SHu bois bugun ularga hordiq chiqarish imkonini berdik. Boz ustiga Dilshod Saitovning betob bo'lib qolishi o'yin rejalarimizga tasir qildi. Fikrimcha, ikki ochko yo'qotdik. Oldimizga yuqori maqsad qo'yadigan bo'lsak, har bir o'yinda maksimal ochko jamg'arishimiz lozim, - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Nasaf" ikki xil taym o'tkazdi. Birinchi bo'limdagi to'p nazorati ikkinchi bo'limda raqibga berib qo'yildi...

- O'yinga berilgan ko'rsatmada to'pni nazorat qilishimizni aytgandim. Lekin bugun oldingi chiziqda keskin uzatmalar bo'lgani yo'q. SHu bois birinchi bo'limni to'pni nazorat qilish bilan o'tkazdik. O'yinni olsak ham, vaziyatlar kam yaratdik, deya olaman. Ikkinchi bo'limda ko'proq hujum qilganimizga qaramay gol urish nasib qilmadi. SHuningdek standart vaziyatlardan foydalanishda oqsaganimiz sezildi. Uch kun oldin to'liq tarkib yig'ildi. Bu tasir qilishini sezgandim. Ammo bu bahona bo'lmasligi kerak. 

"Olimpik" - AGMK uchrashuvidagi hisobdan xabarim yo'q edi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida aytib qolishdi. Ochig'i Timur Kapadze shogirdlarida hozir kayfiyat ancha yaxshi. AGMK juda tajribali jamoa. Ular bilan o'yinda ijobiy natija uchun harakat qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика