So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'limning o'zida yirik hisobda g'alaba qozonayotgan bo'lishimiz kerak edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'limning o'zida yirik hisobda g'alaba qozonayotgan bo'lishimiz kerak edi"

Superliganing 21-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.


- Yirik hisobda yutadigan darajada vaziyatlar yarata oldik. Birinchi bo'limdayoq barchasi tugashi kerak edi. Gol urmaganimizdan keyin raqiblar imkoniyatidan foydalanib ketdi. Albatta, biz 2 ochko yo'qotdik. Bugungi o'yinning ayrim vaziyatlaridan ko'nglimiz to'lmadi.

- Bugun o'yinni durang sari etaklagan omillardan birini SHerzod Nasrullaevning xatti-harakatlarini ham qo'shsa bo'ladimi?

- Bu haqda SHerzodning o'zi bilan ham gaplashdik. Futbolchi har qanday holatda ham o'zini bunday tutmasligi kerak. Buni unga aytdik va xunuk holatligini tushuntirdik. Ko'p joylarda hakamlarning "Nasaf"ga yordam berayotganini yozishmoqda. Lekin biz bu mavsum ko'plab o'yinlarni bir kishi kam bo'lib o'tkazdik. Lekin buni hech kim hech qaerda yozmayapti. "Dinamo" bilan o'yinda 10-daqiqada, "Qizilqum" bilan o'yinda 15-daqiqada qizil oldik. 10 kishi bo'lib o'ynash qiyin, shunday bo'lsa-da, biz o'yinni o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik va ko'proq hujum qilishga qaratdik. SHuni aytish kerakki, qizildan keyin ayrim futbolchilarda g'alaba qozonish ishtiyoqi uyg'onmoqda. Lekin SHerzodning o'zini bunday tutishini qoralaymiz. U nafaqat o'zini, jamoasini ham og'ir ahvolga solib qo'ydi.

- Bobir Abdixoliqovning o'zgartirilishi sababi nima? U yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi.

- Hujumchilardan doimo gol urish talab qilinadi. Hisoblasak, u bugun 4ta vaziyatdan gol ura olmadi. SHu boisdan uni o'zgartirib, sxemani ham o'zgartirishni xohladik. Bobirni 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin o'zgartirdik. SHu payt jamoa pozicion o'zgarishlarga muxtoj edi. 

- Ikkinchi bo'limda bir yo'la 4ta o'zgarish amalga oshirdingiz. Rejangizga ko'ra nimalar o'zgarishi kerak edi?

- Avvaliga 3 o'zgarish qilishni reja qilgandik. Ayrim futbolchilar charchab qolgani uchun kuchlarni yangilash vaqti kelgandi. Qizil kartochkadan keyin rejalar o'zgardi. Raqibning o'yinidan kelib chiqqan holda taktik o'zgarishlar amalga oshirdik.

- Natijaga murabbiy javobgar bo'lganidan keyin ular jamoasi uchun oddiy taktika tanlamaydi. "Nasaf" bor kuchini berib o'ynaganda OCHLda qanday natijalar qayd etishini ko'rdik. Biroq turnir jadvalida pastki o'rinlardagi jamoalarga qarshi kuchiga past baho bergandek tuyulmayaptimi?

- Balki biz raqibning kuchiga ko'proq baho berib yuborgandirmiz. CHunki "Bunyodkor" bilan o'yinda ikki gol farqi bilan oldinda borayotgandik. Bugun ham hisobda oldinda edik. Yigitlar hisobda oldinga chiqib olganidan keyin bo'shashib qolishmoqda. Balki shunga ham bog'liqdir. Kuchli jamoalarga qarshi tayyorgarlik boshqacha bo'ladi. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchilarda shu holatlar bo'lib turadi. SHu sababli ularga har qanday raqibga jiddiy qarash kerakligini aytamiz. Bu narsalarga etibor qaratmasak kutilmagan natijalar va ochko yo'qotilishi ko'proq bo'ladi. SHu sababli hech kimni aybdor sifatida ko'rsatmayman. Etakchimiz, hali hammasi o'zimizning qo'limizda va vazifani bajarishimizga ishonaman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика