So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

Ro'ziqul Berdiev: "Bahonalarga o'rin yo'q. Maqsad aniq - g'alaba" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bahonalarga o'rin yo'q. Maqsad aniq - g'alaba"

Osiyo chempionlar ligasining 2-turi doirasidagi "Nasaf" - "Al Vasl" o'yinidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda himoyachi Igor Golban qatnashdi.

"Ertaga o'tgan turda ikkita mag'lubiyat alamidagi jamoalar o'rtasida kurash kechadi. O'ylaymanki, o'yin har tomonlama qiziqarli bo'ladi. Maqsad aniq - g'alaba. Bu o'yin biz uchun juda muhim", - deya gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

- Jamoamiz Tehrondagi o'yinda hayajon evaziga o'z futbolini to'liq namoyish eta olmadi. Xatolar ham shuning natijasida keldi. Ko'plab futbolchilarimiz bu darajada o'ynashmagani sezilib qoldi. Biz Erondagi xatolardan tegishli xulosalarni chiqaramiz. To'g'ri takidlab o'tdingiz, Tehrondagi bellashuvda jamoani boshqaradigan etakchi topilmadi. Jamoa butkul o'zini yo'qotib qo'ygandi. Uchrashuvdan keyin futbolchilar bilan bu xususida gaplashib oldik va o'yinni chuqur tahlil qildik. Ertangi uchrashuvda muxlislarimiz ko'magi ostida faqat va faqat g'alaba uchun kurashamiz. Umid qilamanki, "Al Vasl"ga qarshi o'yinda muxlislarimizga yaxshi o'yin va chiroyli g'alabani taqdim etamiz. Ertangi uchrashuvga jamoani ruhan tayyorlayapmiz. OCHLda har bir o'yin yuqori saviyada o'tadi. Jamoa bunga tayyor bo'lishi lozim. Bizning maqsad guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishmi, demak munosib ishtirok etishimiz lozim. O'z uyiimizdagi o'yinlarda muxlislarimiz ham bizga yaqindan yordam berishlariga ishonaman. O'yin amaliyoti kamligi va boshqa bahonalar o'tmaydi.

"Al Vasl"ni yaxshi o'rgandik. Bu jamoaning hujum chizig'i ancha kuchli. Biz ertaga o'z o'yinimizni ko'rsatgan holda g'alaba qozonishimiz talab etiladi. Boshqa omillar ikkinchi darajali. Biz ularga qarshi har tomonlama tayyorgarlik ko'rdik. Eng avvalo futbolchilarni ertangi muhim uchrashuvga ruhan tayyorlashga alohida etibor qaratdik. SHuningdek, jamoamiz taktik tarafdan ham tayyor.

Jahongir Aliev? Bu futbolchi yig'in doirasidagi oxirgi nazorat o'yinida jarohat olib safdan chiqqandi. Ikki kun avval Aliev umumiy guruhda shug'ullanishni boshladi. Lekin hozirda Aliev jamoamizga foyda keltiradigan holatda emas. Ertaga Alievni o'yin qaydnomasiga kiritish yoki kiritmaslikni o'ylab ko'ramiz. Sababi, u hali to'liq tayyor emas.

Maqsud Karimov nega maydonga tushmayapti? Uning katta tajribasi va mahoratiga ishonamiz. Kerakli paytda Karimovning xizmatlaridan ham foydalanamiz.  

Igor Golban ("Nasaf" himoyachisi): "Qarshida bir yillik tanaffusdan keyin OCHL qaytdi. Bizning maqsadimiz OCHLda munosib ishtirok etib muxlislarimizni xushnud etish. "Al Vasl"ga qarshi bahsda g'alaba qozonib suyukli ishqibozlarimizni kayfiyatlarini ko'tarishga kuchimizni sarf etamiz. Erondagi o'yinda yaxshiroq o'ynadim? Futbolda bir kishini alohida ajratib ko'rsatish noto'g'ri. Jamoa yutqazdi. Demak barcha yomon o'ynagan. Biz o'sha bahsda yo'l qo'ygan xatolarimizdan xulosa chiqardik va bu xatolarni keyingi bellashuvlarda takrorlamaslikka harakat qilamiz.

Qaysi sxemada o'ynash men uchun qulayroq? To'rt himoyachi yoki uch markaziy himoyachi bilan ham o'ynashning o'ziga yarasha qulay taraflari bor. Menga farqi yo'q. Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynash bu himoyaviy o'yin degani emas, aksincha bu jamoaga bazi poziciyalarda erkinlik beradi. Biz bazan raqibdan kelib chiqib o'z taktik sxemamizni o'zgartiramiz", - deydi Igor Golban. 

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика