So’nggi yangiliklar

09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  12 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  3 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  5 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  1 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  11 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  7 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  6 00:50ЕЧЛ. "Милан" ва "Атлетико" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:35ЦСКА "Рубин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Россия кубоги ярим финалига йўл олди. Файзуллаевдан гол!  14 23:45Жуд Беллингем: "Олтин тўп" "Реал Мадрид"га келиши керак эди"  6 23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  16 22:19Cуперлиганинг охирги турида учта ўйинда ВАР ишлайди. Қолган учрашувларга қўшимча ёрдамчи ҳакам бириктирилади  7

Rotaciyani yoqtirmaydigan Katanec darvozabonlar bilan SHomurodov voqeasi takrorlanmasligi uchun tayyorlanmayapti Yangiliklar

Rotaciyani yoqtirmaydigan Katanec darvozabonlar bilan SHomurodov voqeasi takrorlanmasligi uchun tayyorlanmayapti

Kecha JCH-2026 saralashi doirasida Turkmanistonni mag'lub etdik.

Uzbekistan

Khusniddin Alikulov - 17', Oston Urunov - 29', Sherzod Nasrulloev - 70'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. E . 5-tur

06/06/2024, 20:30

1
:
3
Tugadi

Turkmenistan

Shanazar Tirkishov - 25'

Stadion: 27306 tomoshabin

45'
90'
17'  Khusniddin Alikulov
29'  Oston Urunov
45'  Rustamjon Ashurmatov
50'  Umar Eshmuradov (Abdukodir Khusanov)
50'  Azizbek Turgunbaev (Abbosbek Fayzullayev)
52'  Sherzod Nasrulloev
70'  Sherzod Nasrulloev
76'  Otabek Shukurov (Abdulla Abdullaev)
76'  Jaloliddin Masharipov (Jamshid Iskandarov)
84'  Oston Urunov (Khozhimat Erkinov)
25'  Shanazar Tirkishov
46'  Yhlas Toyjanow (Mekan Saparov)
58'  Didar Durdyew (Myrat Annayev)
58'  Altymurad Annadurdiyev (Arslanmyrat Amanov)
63'  Hakmuhammet Basimow
76'  Abdy Basimov (Meylis Durdyyew)
84'  Velmyrat Ballakov (Selim Nurmyradov)
90'  Selim Nurmyradov

Rotaciyani yoqtirmaydigan Katanec

Uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida Srechko Katanec asosiy tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmasligini va bizni tajribali o'yinchilar mundialga olib chiqishini aytib o'tdi. Amalda ham shunday bo'ldi. Diskvalifikaciya sabab bahsni o'tkazib yuborgan Sayfiev o'rniga Nasrullaev tushdi, qolgani esa o'sha-o'sha tarkib. Murabbiyimiz rotaciyani yoqtirmaydigan mutaxassis hisoblanadi. Hatto raqib Turkmaniston bo'lganda ham tarkib va taktik sxemani o'zgartirmadi. Kechagi o'yindan oldingi "Tezkor studiya"da o'z fantaziyamga ko'ra tarkib va taktikani aytib o'tgandim. Unda qo'shnilarga qarshi 4-2-3-1 taktikasida o'ynagan va Husanov hamda Fayzullaevni asosiy tarkibda tushirgan bo'lardim deb aytib o'tgandim. Janob Katanec 2-bo'limda odatiy uslubidan aynan 4-2-3-1ga o'tdi va Abduqodir hamda Abbosbekni birinchi bo'lib zaxiradan maydonga tushirdi.


Ikkinchi bo'limdagi taktikani o'zgartirish qarorini murabbiy odatda 4 himoyachi bilan o'ynaydigan Turkmanistonning kecha 3 markaziy himoyachidan foydalangani bilan izohladi. Bundan tashqari, u JCH saralash o'yinlarida rotaciyaga yo'l qo'yib bo'lmasligini aytdi va Eron safida Azmun, Taremi kabi 10 yildan beri o'ynab keladigan etakchilar ham kecha asosiy tarkibda tushganini misol qilib keltirdi. JCH saralashida rotaciya qilib bo'lmasa, Osiyo kubogida qilib bo'lmasa, unda qachon qilish mumkin? Faqat o'rtoqlik o'yinlaridami? SHu joyda Eronning Gonkongga qarshi kechagi o'yindagi asosiy tarkibini qarab chiqdim. Rotaciya qilmaslik borasida misol qilingan Eron kecha Gonkongga qarshi 5 nafar terma jamoada o'ynash tajribasi juda kam o'yinchilarni boshlang'ich tarkibda tushiribdi. Osiyoning eng kuchli posbonlaridan biri Alirizo Beyranvand zaxirada qoldirilgan va uning o'rniga Payam Niyozmand darvozani qo'riqlagan. Bu Niyormand uchun termadagi 9-o'yin bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, u "CAFA Cup" finalida bizga qarshi Beyranvand jarohat olgach zaxiradan tushgandi. Markaziy himoyachilar Muhammad Hazbavi uchun kechagi bahs termadagi bor yo'g'i ikkinchisi bo'lsa, Abolfazl Jaloli uchun 6-uchrashuv bo'ldi. O'zbek jamoalari va terma jamoasiga qarshi samarali o'ynashni yoqtiradigan Ramin Rizoyan o'rniga chiqib kelayotgan Aria Yusufi esa o'ng qanotda kecha uchinchi bellashuvini o'tkazdi. Said Izzatullohi o'rniga markaziy yarim himoyada harakat qilgan Muhammad Gorbani ham kecha Eron safida bor yo'g'i ikkinchi o'yinini o'tkazdi. Muhim bellashuvlar oldidan Galenoi Eron tarkibida yangi nomlarni sinab olmoqda.

Payam Niyozmand "CAFA Cup" finalida O'zbekistonga qarshi uchrashuv boshida jarohatlangan Beyranvand o'rniga zaxiradan tushgandi.

 

Osiyo kubogi oldidan biz umuman rotaciya qilinmagan Eldor SHomurodovni yo'qotdik va keyin musobaqa qiynaldik. Ayni paytda O'tkir Yusupov ham rasmiy o'yinlarda umuman almashtirilmaydi. Masalan, oxirgi bellashuvlardan kelib chiqsak "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov milliy terma jamoada o'ynashga munosib ekanligini isbotlagandi. Uni kecha tushirib ko'rsa bo'lardi, chunki u so'nggi bellashuvlarda "Nasaf" qahramoniga aylandi. "Paxtakor"ga qarshi Superkubokning penaltilar seriyasida esa aqlbovar qilmas qahramonlik ko'rsatdi, 3ta 11 metrlikni qaytarib o'zi panenka uslubida gol urdi. O'sha seriyadagi g'alaba Nematov nomi bilan atalishi kerak. Bosh murabbiy o'yinga posbon tanlashda darvozabonlar murabbiyining fikri inobatga olinishini aytdi. Demak, bu borada asosiy javobgarlik unga o'tadi.

Yaqinda Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan U-23 terma jamoamiz tarkibida o'ynaganlardan hech biri kecha asosiy tarkibda bo'lmadi. Men uchun bu kutilmagan holat bo'lmadi, chunki uchrashuvdan oldin tarkiblarni taxmin qilganda murabbiyning g'oyalaridan kelib chiqib biz ham ularni birortasini boshlang'ich tarkibga kiritmagandik. Zaxiradan Fayzullaev, Husanov va Erkinov tushdi. Katanec 2-bo'limda SHukurov o'rniga nega A.Abdullaevni tushirganiga sal hayron qoldim. CHunki, Abdullani u asosan markaziy himoyada tushirib keladi. Kecha masalan Otabekning o'rniga Diyor Xolmatovni tushirish mumkin edi. Diyor Osiyo kubogida Tailandga qarshi juda chiroyli o'yin ko'rsatib bergan va SHukurovga kelajakda munosib o'rinbosar bo'la olishini ko'rsatib bergandi. Bo'riev, Hamralievlar zaxirada qolishdi va ularning maydonga tushish ehtimoli ancha past. Katanec o'zi JCH saralashida rotaciya yaramasligini aytdi.


Etibor bergan bo'lsangiz, kecha ikkinchi bo'limda taktikamiz o'zgargach yanada yaxshiroq va ko'proq hujumlar uyushtira boshladik. Muhimi, Katanec zarur payt taktikani o'zgartira oldi. Bu yaxshi. Rotaciya qilmayotganiga va yoshlarga imkon berishga shoshilmayotganiga qaramay Katanecning terma jamoada qurgan o'yini menga maqul. Faqat kuchli jamoalarga qarshi va muhim o'yinlarda qo'rqmaslikni kutgan bo'lardim. Haddan tashqari ehtiyotkorlikka etibor qaratib yuborishimizni biroz to'g'rilasak yanada qo'rqinchliroq jamoaga aylanamiz.

Eldor SHomurodov = Xarri Keyn

Sardorimizning kechagi o'yini menga oldindagi boshqa futbolchilarimiz kabi juda yoqdi. Lekin, bazi epizodlardan kelib chiqib aynan Eldorga alohida to'xtalishni xohladim. Jahon futbolida Xarri Keynni yaxshi bilasiz, Top hujumchi. Uning boshqalardan ajralib turadigan jihati bor, o'zi orqaroqqa tushib hujumkor yarim himoyachidek o'ynay oladi. O'yin payti faqat sof markaziy hujumchi bo'lib raqib jarima maydonchasi ichida yurmaydi va o'zi ham orqaroqqa tushib sheriklariga vaziyat yaratishni qoyillatadi. Ayniqcha, "Tottenxem" va Angliya terma jamoasida bu jihatidan murabbiylari juda yaxshi foydalanishardi. SHu sabab, men ko'p bor Keyn Gvardiolaning idealidagi hujumchi deb aytaman. SHomurodov kecha aynan Keyn uslubida o'yin ko'rsatdi. Ko'p bor orqaroqqa, qanotlarga surilib harakatlandi va hujumlarimizni bir teginishdagi paslari bilan keskinlashtirib yubordi. Birinchi bo'limni o'zida unda assistlar bo'yicha xet-trik bo'lishi mumkin edi. Ammo, Oston va Otabek aynan Eldorning pasidan keyin darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketib imkoniyatdan samarali foydalana olishmadi. SHomurodovning kechagi bir teginishli keskinlashtiruvchi paslari menga Brunu Fernandeshni ham eslatib yubordi. SHaxsan men Katanecdan Eronga qarshi ham Eldorni shunday ko'rinishda foydalanishini kutib qolaman. Bu juda foydali bo'lar edi. Faqat, sheriklari imkoniyatlardan foydalanish samadorligini oshirishsa bas.


Nisbatan kuchsizroq Turkmanistonga qarshi ko'rgan tezligimiz, tajovuzkorligimiz, pressingimiz, o'yinni to'liq nazorat qilishimiz, oldinga borishdan to'xtamasligimiz... Bularni hammasini Eronga qarshi ham ko'rsak albatta safardan g'alaba bilan qayta olamiz. Forslarni ikkinchi bor mehmonda yutib keladigan paytimiz keldi, menimcha. Omad va zafar terma jamoamizga yor bo'lsin!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика