Rossiyalik hakam "Surxon" - "Nasaf" o'yinidagi vaziyat haqida: "Bosh hakam maqtovga loyiq"
20 may 22:32
Yangiliklar
Rossiyalik hakam "Surxon" - "Nasaf" o'yinidagi vaziyat haqida: "Bosh hakam maqtovga loyiq"
Eslatib o'tamiz, "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvining (0:1) so'nggi daqiqalarida mehmonlar vakili G'olib G'aybullaev raqib futbolchisini o'z jarima maydonchasi ichida yiqitgandek bo'ldi, ammo bosh hakam Ilgiz Tantashev penalti belgilamadi. Vaziyatga VAR aralashganidan so'ng ham Tantashev uzoq muhokamalardan so'ng 11 metrlik jarima zarbasi yo'qligini malum qildi.
"Vaziyat oddiy emas. Birinchi kamerada himoyachi to'pga birinchi bo'lib tekkandek tasavvur uyg'onadi, shu sababli uchrashuvni davom ettirish mumkin. Himoyachi sirpanish orqali ehtiyotkorlik bilan to'pni qaytarishgan uringan. Hujumchi to'pga tega olmagani, ammo to'p traektoriyasini o'zgartirgani ko'ringan.
Afsuski, VAR quyidagi vaziyatga aralashdi:
A) Bosh hakam 99% haq edi;
B) Xato ko'rinmagan. VAR bunday takroriy lavhalar bilan vaziyatga aralashishga haqqi yo'q. VARning xatosi.
O'yin oxirida noaniq bo'lgan ko'rsatmalarga ishonmay, o'z qarorida qolgan hakamni maqtash kerak" - dedi Anatoliya Sinyaev.
Fikrlar